Kobul tibbiyot universiteti (pashtucha: د کابل طبي پوهنتون; forscha: دانشگاه طبي کابل; avval Kobul tibbiyot instituti nomi bilan atalgan) — Afgʻonistonning Kobul shahrida, Kobul universiteti kampusi hududida joylashgan oliy tibbiy taʼlim muassasasi. Tibbiyot muassasasi dastlab turk va fransuz homiylari bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. 2005-yilda KMF mustaqil universitet sifatida shakllangan. Kabul tibbiyot universiteti qoʻshma taʼlim tizimiga ega boʻlib, unda 1000 ga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet hozirda davolash ishi, pediatriya, stomatologiya hamda hamshiralik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2012-yilda tibbiy texnologiya va anesteziologiya boʻyicha ikki yangi boʻlim ham tashkil etilgan. Barcha fanlar dariy va pashtu tillarida oʻqitiladi, biroq tibbiyot terminlarining aksariyati ingliz tilida qoʻllanadi.
Manbalar
Havolalar Official website of Kabul Medical University
Turkum:Afgʻoniston universitetlari