Quyi Qaropchi — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Gulbuloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi Qaropchi urugʻi nomi bilan bogʻliq. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Qoʻqon xonligi davrida ushbu urugʻ vakillari hududga kelib joylashgan. Qaropchi urugʻi vakillari Baxmal tumanining Oʻsmat, Oyqor va Gulbuloq mahallalarida ham uchraydi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Samarqand viloyati, Surxondaryo viloyati va Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida ham shu nomdagi qishloqlar mavjud.

Manbalar

Turkum:Baxmal tumani Turkum:Qishloqlar