Sarqipchoq — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Oyqor mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Qishloq nomi sar va qipchoq soʻzlaridan tashkil topgan. Sar fors tilida “bosh” maʼnosini bildiradi, qipchoq esa XI–XV asrlarda Uralboʻyi, Volgaboʻyi dashtlari hamda hozirgi Qozogʻiston hududlarida yashagan ko‘chmanchi turkiy xalq nomidir.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Toshkent, 2022.
Qipchoqlar o‘zbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy qabila guruhlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli qishloq nomi Sarqipchoq — “qipchoqlar boshlig‘i” yoki “qipchoqlarning yetakchi guruhi” ma’nosini anglatadi.
Manbalar