Aris (Arys) (, Arys) yoki Oris — Qozogʻistonning jan. qismidagi daryo, Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Uzunligi 378 km. Havzasining maydoni 14,9 ming km². Oʻrtacha suv sarfi Aris shahri yonida 46,6 m³/sek. Talas Olatovi bilan Qoratovdagi Qoʻlbostov koʻlidan boshla-nadi. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Qishda faqat quyi qismi muzlaydi. A. suvidan sugʻorishda foydalaniladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Qozogʻistondagi daryolar