thumb

Aristipp (Aristippos) (miloddan avvalgi V asr 2-yarmi – IV asr boshi) – yunon faylasufi, Sokratning shogirdi, Kiren maktabining asoschisi. Gedonizm asoschilaridan biri. Aristipp hayotning oliy maqsadi xursandchilikda deb bilgan, lekin uning fikricha, inson xursandchilikka boʻysunmasligi lozim, balki oqilona lazzatlanishga intilishi kerak, chunki oqilona lazzatlanish uning oliy saodatidir. Yaxshilik va yomonlikning, chin va yolgʻonning mezoni – xursandchilik va azob-uqubatdir.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Yunoniston olimlari