Alexis Mac Allister (1998-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Liverpool“ klubi va Argentina milliy terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi. U toʻp uzatish koʻlami, taktik savodi va oʻyin sur’atini nazorat qilish qobiliyati bilan eʼtirof etilgan.
Mac Allister professional faoliyatini 2016-yilda „Argentinos Juniors“da boshlagan va debyut mavsumidayoq 2016–17-yilgi Argentina ikkinchi divizionida gʻolib chiqqan. U 2019-yilda „Brighton & Hove Albion“ga oʻtgan, ammo darhol mavsum oxirigacha sobiq jamoasiga, keyinroq esa „Boca Juniors“ga ijaraga berildi. U yerda 2019–20-yilgi Primera divizionida gʻolib chiqdi. Keyingi mavsumda ijaradan qaytgan Mac Allister „Brighton“da oʻzining eng muvaffaqiyatli yilini oʻtkazib, jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 2023-yilning iyun oyida u „Liverpool“ jamoasiga koʻchib oʻtgan hamda u yerda 2023–24-yilgi Angliya liga kubogi va 2024–25-yilgi Premyer-ligada gʻolib chiqqan.
Mac Allister Argentina U-23 terma jamoasi sharafini himoya qilib, 2020-yilgi KONMEBOL Olimpiya oldi turnirida gʻolib chiqqan va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. U 2019-yilda milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkagan va 2022-yilgi Finalissima, 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati hamda 2024-yilgi Amerika kubogida gʻolib chiqqan Argentina terma jamoasi tarkibida boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Alexis Mac Allister Liverpool F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Argentinos Juniors futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Primera Nacional futbolchilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Argentinalik olimpiyada futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Alexis