As-Sahoba masjidi () — Misrning Sharm ash-Shayx shahri Eski bozor tumanida joylashgan masjid. 2017-yilda qurilgan bo‘lib, shahardagi Al-Mustafo masjididan keyin ikkinchi eng katta masjid hisoblanadi. Paygʻambar Muhammadning sahobalari sharafiga shunday nom berilgan.

Tarixi Masjidga 2010-yilda asos solingan. Uning loyihasini Al-Mustafo masjidi loyihachisi, misrlik meʼmor Fuad Tavfiq Hofiz tuzgan va buning uchun haq olmagan. Qurilish 2011-yilgi Misr inqilobi natijasida toʻxtab qolgan. Qurilish ishlari qayta boshlanganidan soʻng masjid 2017-yil 24-martda toʻliq qurib bitkazilgan. Qurilish uchun jami 30 million Misr funti sarflangan.

Tavsifi Masjid 3 000 kvadrat metr maydonda qurilgan boʻlib, ikki minorasining har biri 76 metr balandlikka ega. MMasjid kuniga qariyb 3 000 nafar ziyoratchini qabul qila oladi. Tomining balandligi esa 37 metrni tashkil etadi. Masjid Usmoniylar, Mamluk va Fotimiylar meʼmorchiligi unsurlaridan foydalangan holda bunyod etilgan. Masjid devorlarining ichki qismiga Muhammad paygʻambarning bir necha sahobalari ismlari bitilgan. Masjid tarkibida xalqaro islom madaniyati markazi va kutubxona ham mavjud. Masjidda arab tili bilan bir qatorda ingliz, fransuz va rus tillarida soʻzlasha oladigan shayxlar faoliyat yuritadi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Misrdagi 21-asr masjidlari Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar