Elen Yeremyan (; 2001-yil 27-mayda tugʻilgan) — Brunette () taxallusi bilan tanilgan arman xonanda va qoʻshiqnavisi. U „Future Lover“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2023“ tanlovida ishtirok etgan va yakunda 14-oʻrinni egallagan.
Karyerasi Brunette toʻrt yoshidan boshlab qoʻshiq kuylashni, oʻn besh yoshidan esa qoʻshiqlar yozishni boshlagan.
2019-yil sentyabr oyida, 18 yoshida, u Nvak Foundation bilan hamkorlikda oʻzining ilk singli — „Love the Way You Feel“ni chiqargan. Keyinchalik Brunette Yerevanda faoliyat yurituvchi, tungi klublarda chiqish qiladigan Project 12 musiqiy jamoasiga aʼzo boʻlgan. Shuningdek, u „Menq“ qoʻshigʻi bilan tanilgan En aghjiknery qizlar guruhi tarkibida ham faoliyat yuritadi. 2022-yilda Brunette „Gisher“, „Smoke Break“ va „Bac kapuyt achqerd“ singllarini chiqargan. Ularning ichida „Bac kapuyt achqerd“ qoʻshigʻi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan.
Brunette 2023-yil 1-fevralda Armaniston nomidan „Eurovision–2023“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish uchun oʻtkaziladigan milliy saralash bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Uning „Future Lover“ qoʻshigʻi 2023-yil 15-martda eʼlon qilingan. Brunette 11-may kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi yarim finalda chiqish qilib, 6-oʻrinni egallagan va finalga yoʻl olgan. Yakunda u 13-may kuni oʻtkazilgan grand finalda 122 ball bilan 14-oʻrinni egallagan.
2024-yil may oyida Brunette „Eurovision-2024“da Armaniston hakamlar ovozlarini eʼlon qiluvchi vakil sifatida tanlangan. 2025-yil 16-fevralda esa u tanlov saralashining mahalliy bosqichi doirasida „Future Lover“, „No Energy“ va „Superstar Illness“ qoʻshiqlarini ijro etgan.
Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Nomi Maʼlumotlar Love Reversed Chiqarilgan: 2025-yil 5-noyabr Leybl: Mustaqil ravishda taqdim etgan Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yerevanda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari