thumb|Laparoskopik robotlashtirilgan jarrohlik mashinasi Tibbiy roboti — tibbiyot fanlarida qoʻllaniladigan robot. Ularga jarrohlik robotlari ham kiradi. Aksariyat hollarda bu robotlar telemanipulyatorlar hisoblanadi. Ular bir tomonda jarrohning aktivatorlaridan foydalangan holda, ikkinchi tomondagi ishchi organni boshqarish imkonini beradi.

Turlari thumb|Hitrou aeroportidagi dezinfeksiya roboti Jarrohlik robotlari: Bu robotlar jarrohlik amaliyotlarini inson qoʻli yordamisiz erishib boʻlmaydigan yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi yoki inson-jarroh bemorning yonida jismonan hozir boʻlmagan masofaviy jarrohlikni amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Reabilitatsiya robotlari: Ular bemorlar, keksalar yoki tana aʼzolarining harakatga taʼsir qiluvchi disfunksiyasi bor shaxslarning hayotini osonlashtiradi va qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, ushbu robotlar reabilitatsiya va unga bogʻliq jarayonlarda, masalan, mashgʻulotlar hamda terapiyada qoʻllanadi.

Biorobotlar: Inson va hayvonlarning kognitiv qobiliyatlariga taqlid qilish uchun moʻljallangan robotlar guruhi.

Tele-ishtirok robotlari: Ular tibbiyot mutaxassislariga masofadan turib harakatlanish, atrofni koʻzdan kechirish, muloqot qilish va jarayonlarda ishtirok etish imkonini beradi.

Dorixona avtomatizatsiyasi: Chakana dorixonalarda qattiq dori shakllarini tarqatish yoki shifoxona dorixonalarida steril tomir ichiga quyiladigan (IV) aralashmalarini tayyorlash uchun moʻljallangan robot tizimlari.

Hamroh robotlar: Ular foydalanuvchilar bilan hissiy aloqaga kirishish, ularga hamrohlik qilish va salomatligida muammo yuzaga kelsa, ogohlantirish qobiliyatiga ega.

Dezinfeksiya roboti: Odatda impulsli ultrabinafsha nurlardan foydalangan holda, butun bir xonani bir necha daqiqa ichida dezinfeksiya qilish imkoniyatiga ega. Ular Ebola virusi kasalligiga qarshi kurashda ham qoʻllangan.

Shifoxona robotlari: Atrof-muhitning oldindan dasturlangan sxemasi va oʻrnatilgan sensorlar yordamida ushbu robotlar shifoxona boʻylab dori-darmonlar, ovqatlar va tahlil namunalarini yetkazib beradi.

Robotik protezlar: Oʻz egalarini xuddi tirik aʼzolardek funksionallikka ega boʻlgan qoʻl va oyoqlar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Laboratoriya robotlari: Laboratoriyalarda uchraydigan ushbu robot turlari jarayonlarni avtomatlashtirish yoki laboratoriya texniklariga takrorlanuvchi vazifalarni bajarishda yordam berish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Manbalar

Havolalar Medical Robotics Text Book Medical Robots Conference Robotic IV Automation — RIVA Where Are the Elder Care Robots? Notable Chinese Firms Emerging in Medical Robots Sector (IEEE) Medical Robots- Towards Robotics

Turkum:Tibbiy robotlari