Anna Andreevna Kalmanovich (faoliyat davri: 1893–1917) rus feministi va suffrajisti edi. Uning jamoatdagi faoliyati 1890-yillarda xayriya ishlari bilan boshlangan va keyingi oʻn yilliklar davomida radikal feminizmga oʻtgan. U bolsheviklar boshchiligidagi Oktabr inqilobi (1917)dan omon qolgan-qolmagani nomaʼlum.

Hayoti va faoliyati Kalmanovich Samuil Yeremeyevich Kalmanovichga turmushga chiqqan boʻlib, u „1905-yil inqilobi arafasida va uning davomida boʻlib oʻtgan koʻplab yirik siyosiy sud jarayonlarida ishtirok etgan taniqli himoyachi advokat“ ediRuthchild, p. 207. Ularning farzandlari boʻlgan, biroq ular haqida hech narsa maʼlum emas. Saratovda yashar ekan, u 1893-yilda Saratov Yahudiy Kasallarni Parvarishlash Jamiyatini (Saratovskoe Evreiskoe Popechitel’stvo o Bol’nykh) tashkil etadi va 1904-yilgacha uning prezidenti sifatida xizmat qildi. Anna Kalmanovich oʻsha yil dekabr oyida ilk bor omma oldida nutq soʻzlaydi — Berlindagi Xalqaro ayollar kengashining oʻsha yilgi kongressi haqida hisobot berdi. Antisemit va ultra-millatchi Qora yuzlarning hujumlari ularning Saratovdan surgunga qochishiga majbur qildi, bu yerda Anna Kalmanovich 1906 va 1908-yillarda Xalqaro ayollar saylov huquqi alyansi kongresslarida qatnashish hamda Shveytsariyadagi rus muhojirlari guruhlariga ayollar harakati haqida maʼruzalar oʻqish imkoniga ega boʻldi.

1908-yilda Rossiyaga qaytgach, Kalmanovich Butunrossiya Ayollar teng huquqliligi ittifoqiga () qoʻshiladi va Ayollar ittifoqi (Soiuz Zhenshchin) hamda Ayol xabarchisi (Zhenskii vestnik) jurnallari uchun yozishni boshladi. U 1908-yilda boʻlib oʻtgan Butunrossiya Ayollar qurultoyida Ayollar harakati va partiyalarning unga munosabati (Zhenskoe Dvizhenie i Otnosheniia Partii k Nemu) deb nomlangan maʼruza bilan chiqdi. Shundan soʻng, 1908-yilning oʻzida Butunrossiya Ayollar teng huquqliligi ligasiga () qoʻshiladiRuthchild, pp. 207–08.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Rossiyalik ayol huquqlari faollari Turkum:Rossiyalik feministlar Turkum:Ayollar huquqlari