Bog‘bon () — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumaniga qarashli mahalla. "Bog‘bon" qishloq fuqarolar yig‘ini nomi. Mirzacho‘l tumani hokimining 1992-yil 5-martdagi 85-k-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan. “Bog‘bon” QFY tuman markazidan 2,5 km masofada joylashgan bo‘lib, Mirzacho‘l tumanidagi “Mustaqillik”, “Yerjar” va “Do‘stlik” MFYlar bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 1709 gektarni, xonadonlar soni 518 tani, aholi soni 3100 nafarni tashkil qiladi. Bog‘bon - ushbu hududning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari bog‘dorchilikka ixtisoslashganligi munosabati bilan berilgan.

Manbalar

Turkum:Mirzachoʻl tumani aholi punktlari