Lal Bahadur Shastri aeroporti  – Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Varanasi shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Babatpur qishlogʻida, Varanasidan shimoli-gʻarbda joylasjgan. Avvalgi nomi Varanasi aeroporti boʻlgan, 2005-yil Hindistonning 2-Bosh vaziri Lal Bahadur Shastri sharafiga qayta nomlangan. 2024—2025-yillarda 4 milliondan ortiq yoʻlovchi ushbu aeroportdan foydalangach, u Hindistonning yirik aeroportlari qatoriga kirdi. Yoʻlovchi harakati boʻyicha Hindistonda 19-oʻrinda, Uttar-Pradesh shtatida esa ikkinchi oʻrinda turadi. 2020-yilda aeroport Osiyo-Tinch okeani mintaqasida „yiliga 2 dan 5 milliongacha yoʻlovchi tashuvchi eng yaxshi aeroport“ sifatida Airports Council International tomonidan mukofotlangan. Bu aeroport Hindistonda sanskrit tilida eʼlonlar qilinadigan birinchi aeroport hisoblanadi.

Terminali

Bitta integratsiyalashgan terminal ham mahalliy, ham xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatadi, uning umumiy maydoni . Terminalda CUTE (common-user terminal equipment) tizimi bilan jihozlangan 16 ta roʻyxatdan oʻtish peshtaxtasi, toʻrtta immigratsiya peshtaxtasi hamda ikkita yuk olish lentalari mavjud. Teletrapli darvozalar uchun yuqori qavatda oʻrindiqlar zonasi, shuningdek, yoʻlovchilar piyoda yoki avtobus orqali samolyotlarga chiqishlari uchun pastki darajadagi darvoza mavjud. Aeroport perroni bir vaqtning oʻzida beshta tor fyuzelyajli samolyotni joylashtira oladi. Kutish zalida yoʻlovchilar uchun zarur xizmatlar, yengil ovqat doʻkonlari, sayohatchilar uchun qulaylik doʻkoni, kitob va gazetalar doʻkoni, Banarasi sarlari kabi Varanasiga xos mahsulotlar sotiladigan savdo nuqtalari va VIP kutish zali mavjud.

Aerodrom Aeroportda yagona asfalt qoplamali 09/27 yoʻlak mavjud. Uning uzunligi 9 006 fut (2 745 m) boʻlib, ikkala uchida burilish joylari va asosiy perron bilan bogʻlaydigan ikkita chiqish yoʻli mavjud. Kamdan-kam ishlatiladigan uchinchi chiqish yoʻli favqulodda holatlar uchun moʻljallangan ajratilgan perronga olib boradi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Kelajak uchun rejalari Yoʻlovchilar va parvozlar sonining ortib borishi sababli Hindiston aeroportlar boshqarmasi (AAI) mavjud uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagini gacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Kengaytma milliy avtomagistral 31 bilan kesishgani uchun yerosti oʻtish yoʻli quriladi.

2019-yil noyabr oyida AAI yangi ikkinchi terminal qurilishi boʻyicha taklif taqdim etdi. Terminal umumiy maydoni 58 691 m2 boʻladi va yiliga 4,5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. Qurilish 2024-yilgacha yakunlanadi.

2024-yil 20-oktyabrda Bosh vazir Narendra Modi aeroportda bir nechta loyihalarning, jumladan, uchish-qoʻnish yoʻlagini kengaytirish, yangi terminal binosi va boshqa qoʻshimcha infratuzilma ishlarining poydevorini qoʻydi. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb ₹2 870 kror (287 milliard rupiy)ni tashkil etadi.

Manbalar

Havolalar

Hindiston aeroportlar boshqarmasi veb-saytidagi Varanasi aeroporti

Turkum:Varanasi Turkum:Hindistonning xalqaro aeroportlari Turkum:Shastri maʼmuriyati