Bahorni quvib () – Oʻzbekfilm kinostudiyasida 2025-yil Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan psixologik drama. Filmda bosh rollarni Raʼno Shodiyeva, Ilhom Berdiyev va Anvar Kartayev ijro etgan boʻlib, uning dunyo premyerasi Xitoyda SCO Film Festivali doirasida boʻlib oʻtdi hamda film Eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida taqdirlandi. Film uzoq yillik quvgʻinda boʻlgan ayolning qishlogʻiga qaytishi va jamiyat bosimi, xotiralari hamda yoʻqotishlari bilan yuzma-yuz kelishi haqida hikoya qiladi.

Bahorni Quvib bir nechta xalqaro festivallarda kritiklar tomonidan yaxshi baholandi, shuningdek 2025-yilgi VI Lendoc Film Festivalida Eng yaxshi aktrisa va Eng yaxshi ssenariy nominatsiyalarida gʻolib boʻldi. Film 56-Xalqaro Hindiston Kinofestivalining Dunyo Kinosi doirasida 2025-yil 23-noyabr kuni Goada namoyish etilgan. Shuningdek, u 28-noyabr sanasida Eronning 43-Fajr Xalqaro Kinofestivalida ham namoyish etilgan.

Syujeti Rohat Shukurova uzoq pillar quvgʻinda boʻlgan qiyinchiliklardan keyin olis Archali qishlogʻiga qaytib boradi. Bir paytlar yoshligi va muhabbatini yanchib tashlagan Sovet davri skandallari uni hamon bezovta qilar ekan, jamiyatda haligacha oʻzgarmay qolgan baʼzi chandiqlar bilan yuzma-yuz kelishiga toʻgʻri keladi. Rohatning qishloqdagilar bilan yana aloqaga kirishishi fonida film chidamlilik, kechirimlilik va tinchlikka boʻlgan intilishning shaxsiy portretlarini koʻrsatib beradi.

Aktyorlari

Raʼno Shodiyeva Rohat Shukurova rolida Raʼno Ahmadjonova Rohat Shukurovaning yoshligi Ilhom Berdiyev Qudrat Ramazonov va uning oʻgʻli Nodir Ramazonov rolida Anvar Kartayev Xojiqulov rolida Farina Oybekzoda Rohatoy rolida

Bahora Arslonova Oygul, Nodir Ramazonovning ayoli rolida Anna Petyayeva Larisa Shevchenko rolida

Ishlab chiqarilishi Film ssenariysi mashhur Oʻzbek yozuvchisi Erkin Aʼzam tominida yozilgan boʻlib, ssenariyda quvgʻinda yurishning inson umri badali va chidamlilik singari mavzularga urgʻu berilgan.

Suratga olish ishlari asosan Boysun tumanida, anʼanaviy landshaft va tarixiy izlardan foydalanilgan xolda tasvirga olingan. Rejissyor Ayub Shahobiddinov vizual ton va atmosferaning oʻziga xosligiga urgʻu bergan. Film postanovkachi operatori Diyor Ismatov.

Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqarilgan.

Reliz Bahorni Quvib filmi 2025-yilning Iyun oyida Bishkek Xalqaro Kinofestivalida ilk bor namoyish etilgan. Keyinchalik boshqa koʻplab festivallarda ishtirok etgan. SanaFestival nomiJoyi2025 IyunBishkek International Film FestivalQirgʻiziston2025 IyulSCO Film FestivalXitoy2025 AvgustInternational Film Festival AntaresRossiyaLendoc Film Festival (LEFF)2025 SentyabrArts Lumière Indonesia FestivalIndonesia2025 OktyabrKorkut Ata Film FestivalQozogʻistonToji Somon International Film FestivalTojikiston2025 NoyabrListapad Film FestivalBelarusInternational Film Festival of India (IFFI)HindistonFajr International Film Festival (FIFF)Eron2025 DekabrToronto Global Film FestivalKanada2026 YanvarDhaka International Film FestivalBangladesh

Mukofotlari

Kritik tahlil Oʻzbek kritiklari filmning emotsional boyligi va qishloq hayotining tabiiy yoritilganligiga urgʻu berishgan. Oyina jurnalida kinotahlilchi Shohida Eshonboboyeva yozishicha film "yosh umri hasad olovida kuydirilgan, hatto sevgani ham bir umrlik „tamgʻa“dan asray olmagan bir oʻzbek qizi qismati oʻlaroq, bir qavmning unib oʻsolmay, koʻkarolmay, bogʻichini yecholmay qolgan, qolayotgan farzandlari taqdiri" toʻgʻrisida va filmning bosh qahramoni Rohat Shukurovani jonlantirgan aktrisa Raʼno Shodiyevaning ijrosi karyerasidagi eng yaxshi ijrolardan biri boʻlgan. Film psixologik realizm va ramziy tasvirlar orqali xotira hamda kechirim oʻrtasidagi ichki ziddiyatni yoritadi. Filmning oʻtib borish sur’ati va operatorlik ishlari vaqt oʻtishini hamda hissiy yakka­lanishni aks ettiradi. Rejissor Shahobiddinovning minimalistik uslubi tashqi emas, balki ichki kurashga eʼtibor qaratib, Bahorni quvib filmiga zamonaviy oʻzbek kinosining sokin, biroq taʼsirchan namunasi sifatida alohida ohang bagʻishlaydi.

Sovrinlari Bahorni Quvib filmi dunyo boʻylab koʻplab festivallarda turli xil mukofotlari qoʻlga kiritgan. YiliFestival nomiKategriyasiQabul qiluvchiNatijasi2025III Bishkek International Film FestivalEng yaxshi filmAyub ShahobiddinovNominantSCO Film FestivalEng yaxshi aktrisaRaʼno ShodiyevaGʻolibII Antares International Film FestivalEng yaxshi toʻliq metrajli filmAyub ShahobiddinovGʻolibEng yaxshi erkak aktyorIlhom BerdiyevEng yaxshi ssenariyErkin AʼzamEng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorAnvar KarteyevVI Lendoc International Film FestivalEng yaxshi ssenariyErkin AʼzamGʻolibEng yaxshi aktrisaRaʼno ShodiyevaOltin humoEng yaxshi ssenariyErkin A’zamGʻolibEng yaxshi ovoz rejissyoriUlugʻbek AbdusoatovGʻolib

Manbalar

Turkum:2025-yil filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Oʻzbekfilm kinostudiyasi filmlari