Bahodir Tojimirzayevich Abdullayev (1967-yil 5-dekabr, Shahrixon, Andijon viloyati) — oʻzbek tadbirkori va sport arbobi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi, shuningdek Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti .

Biografiyasi Bahodir Abdullayev 1967-yil 5-dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini (avvalgi nomi bilan Namangan sanoat texnologiyasi instituti) tamomlagan. U 2007-yilda BA Holding investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya qurilish, sanoat, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va metall mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi. 2022-yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Faoliyati Abdullayev 2025-yil avgust oyidan boshlab “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ kuzatuv kengashi raisi lavozimida faoliyat olib boradi. Ushbu korxona Oʻzbekistondagi eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri hisoblanadi.

2025-yil aprel oyida u Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan. Shuningdek, Bahodir Abdullayev Namangan viloyati xalq deputatlari kengashi deputati hisoblanadi.

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2022)

Shuningdek qarang Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi

Manbalar Turkum:Oʻzbekiston tadbirkorlari Turkum:1967-yilda tugʻilganlar