Adut Akech Bior (1999-yil 25-dekabrda tugʻilgan) – model. Moda haftaligida Saint Laurent brendining 2017-yilgi bahor/yoz kolleksiyasi uchun eksklyuziv model sifatida podiumda oʻzining debyut chiqishini amalga oshirgan. 2018-yilda models.com saytida „Yil modeli“ sifatida tanlangan, shuningdek, keyingi yilda ham unga sayt tomonidan ushbu maqom berilgan. Bundan tashqari, Models.com sayti tomonidan „New Supers“ () roʻyxatiga kiritgan.

Yoshlik yillari Adut Akech 1999-yil 25-sentyabrda Sudan (keyinchalik Janubiy Sudan tarkibiga kirgan) hududida tugʻilgan va Keniya Respublikasining Kakuma qochqinlar lagerida voyaga yetgan. Akech Rojdestvo kunida Keniya yoʻlida dunyoga kelgan. 7 yoshida onasi bilan birga janubiy sudanlik qochqinlar sifatida boshpana izlab Avstraliyaning Adelaida shahriga koʻchib oʻtgan. Ularning oʻsha yerda qarindoshlari ham boʻlgan. Akechning besh nafar opa-singillari bor. Adelaidada u „Mary“ nomi deb tanilgan, chunki avstraliyalik oʻqituvchilar uning asl ismini talaffuz qilishga qiynalishar edi.

Shaxsiy hayoti Akech Samuel Elkhier ismli kishi bilan turmush qurgan. 2024-yil iyul oyida Akech oʻzining birinchi farzandiga homilador ekanini Vogue jurnaliga bergan fotosessiyasi orqali Instagram sahifasida tasdiqlagan. Model 2024-yilning oxirida Kiki ismli qiz farzandini dunyoga keltirgan.

Eʼtiroflar Adut Akech 2019-yil sentyabr oyida British Vogue jurnali muqovasida tasviri tushirilgan oʻn besh ayoldan biri boʻlgan. Ushbu sonning mehmon muharriri Sussex gersoginyasi Rachel Meghan Markle edi.

2019-yil 2-dekabrda model Londonda boʻlib oʻtgan British Fashion Awards marosimida „Yil modeli“ mukofotini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Havolalar

Adut Akech National Portrait Gallery’da (Avstraliya)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Adelaidalik modellar Turkum:Avstraliyalik ayol modellar Turkum:Keniyadagi qochqinlar