Diana Catarina Ribeiro Gomes (1998-yil 26-iyulda tugʻilgan)–Ispaniya ayollar Premier-ligasi jamoasi Sevilla hamda Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi saflarida markaziy himoyachi hamda yarim himoyachi amplualarida oʻynaydigan professional futbolchi.
Faoliyati Klub Gomes oʻz faoliyatini 2012-yildan Paços de Ferreiradagi mahalliy S.C. Freamunde jamoasida boshlagan. 4 yildan keyin u Portugaliya ayollar milliy chempionati jamoasi Valadares Gaia F. C. tarkibiga qoʻshilgan. 2017-yilda Gomes Braga ayollar jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yildan boshlab u Sevilla ayollar jamoasi tarkibida toʻp surmoqda.
Xalqaro 2013-yildan Gomes Portualiyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan . Portugaliya U17 terma jamoasi bilan 2014-yilgi 17-yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi UEFA Ayollar chempionatida oʻynagan hamda jamoa ilk marotaba 17-yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA Ayollar Yevropa chempionati saralash bosqichidan oʻtgan. Shuningdek, Gomes 2017-yilgi 19-yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi UEFA Ayollar Yevropa chempionatilarida 3 marta saralash bosqichlarida Portugaliya U19 jamoasida oʻynagan.
2017-yil 3-mart sanasida Gomes Portugaliyaning asosiy jamoasida Daniya ayollar milliy futbol terma jamoasiga 6–0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda debyut qilgan. 2017-yil 19-iyunda murabbiy Francisco Neto tomonidan Portugaliya milliy termasi ilk marta ayollar futboli boʻyicha katta musobaqaga chiqqan 2017-yilgi ayollar o'rtasidagi futbol boʻyicha UEFA Yevropa chempionati uchun saralangan 25 talik roʻyxatdan oʻrin olgan. 2017-yil 6-iyulda Neto 23 talik soʻnggi roʻyxatni eʼlon qildi, unda Gomes va Cristiana Garsia nomlari chiqarib tashlangan edi . Biroq, musobaqaga yoʻl olishdan oldingi soʻnggi mashgʻulot payti Jéssica Silva jarohat oldi va 14-iyul kuni Neto Gomesni oʻrinbosar sifatida jamoa tarkibiga chaqirdi. Gomes musobaqa davomida umuman maydonga tushmadi va Portugaliya birinchi bosqichning oʻzida magʻlubiyatga uchradi.
2023-yil 30-may kuni Gomes Jahon chempionati uchun 23 kishilik jamoa roʻyxatidan oʻrin oldi.
2025-yil 24-iyun kuni Gomes Portugaliya terma jamoasining 2025-yil Yevropa chempionati tarkibiga chaqiruv oldi.
Xalqaro gollari No. Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 19-sentyabr 2021-yil Haberfeld Stadium, Rishon LeZion, Isroil 3–0 4–0 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralash bosqichi 2. 26-oktyabr 2021-yil Lokomotiv stadioni, Plovdiv, Bolgariya 4–0 5–0 3. 25-noyabr 2021-yil Estádio Municipal de Portimão, Portimão, Portugaiya 3–0 4–0 4. 9-iyul 2022-yil Leigh Sports Village, Leigh, Angliya 1–2 2–2 UEFA Ayollar Yevropa chempionati (2022) 5. 22-fevral 2023-yil Waikato Stadium, Hamilton, Yangi Zelandiya 1–0 2–1 2023-yilgi FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralash bosqichi 6. 25-oktyabr 2024-yil Dalga Arena, Baku, Ozarbayjon 3–0 4–1 UEFA Ayollar Yevropa chempionati (2025) saralash play-offlari 7. 7-iyul 2025-yil Stade de Genève, Geneva, Shveysariya 1–1 1–1 UEFA Ayollar Yevropa chempionati (2025) Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Portugaliyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli himoyachilari Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:Liga F futbolchilari