Mehdi Taremi (; 1992-yil 18-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, Serie Aning „Inter Milan“ jamoasi va Eron milliy terma jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Faoliyatining dastlabki davrlarida Shahin Bushehr va Iranjavan jamoalarida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik 2014—2018-yillar oraligʻida Persepolisda toʻp surgan. Mehdi Eron Pro ligasida ikki mavsumda (2015-16 va 2016-17) eng yaxshi toʻpurar unvonini qoʻlga kiritgan. 2018—2019-yillarda Qatarning „Al-Gharafa“ jamoasida oʻynagan, keyin esa Portugaliyaning „Rio Ave“ klubiga oʻtib, 2019-20-yilgi mavsumda Primeira Liganing eng sermahsul hujumchisi boʻlgan. 2020-yilda Portugaliyaning „Porto“ jamoasiga oʻtib, 2021-22-yillarda ichki musoboqalarda ikkita sovrinni qoʻlga kiritgan. 2022-23-yilgi mavsumda esa bu yutuqlarini yanada rivojlantirib, liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan hamda Taça de Portugal va Taça da Liga musobaqalarida gʻolib chiqib, ichki kuboklar dublini qoʻlga kiritgan.
Taremi 2015-yilda kattalar safida ilk bor maydonga tushgan va 2018 hamda 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida, shuningdek, 2019 va 2023-yillarda Osiyo kubogida Eron milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Yutuqlari Persepolis
Fors koʻrfazi Pro ligasi: 2016–17, 2017-18
Eron Superkubogi: 2017
Al-Garafa
Qatar yulduzlar kubogi: 2018–19
Porto
Primeira Liga: 2021–22 Portugaliya kubogi: 2021–22, 2022–23, 2023–24 Liga kubogi: 2022–23 Portugaliya Superkubogi: 2020, 2022Porto beat Tondela 3-0 in the Portuguese Super Cup, PortuGOAL, 30 July 2022
Inter (Milan)
UEFA Chempionlar Ligasi finalisti: 2024–25
Eron
MOFF Millatlar Kubogi: 2023 Iordaniya xalqaro turniri: 2023
Shaxsiy yutuqlari
Eronda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016, 2017 Fors koʻrfazi Pro ligasida yilning eng yaxshi hujumchisi: 2014–15, 2015–16, 2016–17 Fors koʻrfazi Pro ligasining eng sermahsul toʻpurar: 2015–16, 2016–17 Fors koʻrfazi Pro ligasining ramziy terma jamoasi: 2014–15, 2015–16, 2016–17 Ozodegan ligasining eng sermahsul toʻpurari (B guruhi): 2013–14 Primeira Liga ramziy terma jamoasi: 2019–20, 2020–21, 2021–22, 2022–23 Primeira Liganing eng sermahsul toʻpurari: 2019–20, 2022–23 Rio Ave jamoasining yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2019–20 SJPF oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2021-yil yanvar, 2022-yil sentyabr, 2022-yil noyabr, 2022-yil dekabr Primeira Liganing eng koʻp gol uzatmalarini bergan oʻyinchisi: 2020–21 UEFA muxlislari tomonidan tanlangan turnirning eng yaxshi goli: 2020–21 IFFHS tomonidan tanlangan Osiyoning yilning eng yaxshi erkaklar terma jamoasi: 2022, 2023 CAFA Millatlar kubogining eng koʻp gol urgan oʻyinchisi: 2023 CAFA Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2023 AFC Osiyo kubogi turnirining ramziy terma jamoasi: 2023
Yana qarang Xalqaro maydonda 50 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati Primeira Ligada xet-triklar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Profile at the FC Porto website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:F.C. Iranjavan Bushehr futbolchilari Turkum:Shahin Bushehr F.C. futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Al-Gharafa SC futbolchilari Turkum:Rio Ave F.C. futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Olympiacos F.C. futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Azadegan ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Eronlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi