2025-yilgi futbol boʻyicha Ispaniya kubogi finali 2024–2025-yilgi futbol boʻyicha Ispaniya kubogi gʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan futbol oʻyinidir, bu Ispaniyaning asosiy futbol kubogining 123-chi musobaqasidir. Bahs 2025-yil 26-aprelda Sevilladagi La Cartuja stadionida, ikki asosiy raqib – Barcelona va Real Madrid oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu ikkala jamoa oʻrtasidagi 260-chi rasmiy oʻyin boʻlib, 2014-yildan beri ilk Copa del Rey finali edi.

Barcelona oʻyinni qoʻshimcha taymlar yakuniga koʻra 3:2 hisobida gʻalaba bilan yakunlab, 32-Copa del Rey chempionligini qoʻlga kiritdi.

Finalgacha yoʻl BarcelonaBosqichReal MadridRaqibNatijaRaqibNatijaBarbastro4–0 (M)1/32 bosqichMinera5–0 (M)Real Betis5–1 (U)Celta Vigo5–2 (U)Valencia5–0 (M)Leganés3–2 (M)Yarimfinal Maʼnosi: (U) = Uy; (M) = Mehmon

Referi qarorlari boʻyicha bahslar Final oldidan Real Madrid TV tayinlangan uchrashuv sudyasi Ricardo de Burgos Bengoetxeani tanqid qilgan video efirga uzatdi, unda Barcelona ushbu hakam boshqargan oʻyinlarida Real Madriddan koʻproq gʻalaba qozonganligi aytilgan edi. RMTV de Burgos Bengoetxeani UEFA Chempionlar Ligasi yoki FIFA musobaqalarida hech qachon tayinlanmagani uchun tanqid qildi va Real Madridga qarshi bir nechta sudyalik xatolari tasvirlangan kadrlarni ham kiritdi.

De Burgos Bengoetxea press-konferentsiyada sudyalar va ularning oilalari yuzlashayotgan qiyinchiliklarni taʼkidlab, ularning halolligi shubha ostiga olinishi haqida shunday dedi: „Agar bolangiz maktabga borib, boshqa bolalar uning otasini oʻgʻri deb aytsa, bu juda ogʻir“. Finaldagi video-assistent referi Pablo González Fuertes esa ispan sudyalari oʻzlariga boʻlgan munosabatga qarshiligini, hattoki, ish tashlash kabi choralar koʻrishi mumkinligini aytdi.

Real Madrid sudyalarning izohlarini „qabul qilib boʻlmaydigan“ deb atadi va final oldidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan barcha rasmiy ishlardan, jumladan, press-konferensiya va rasmiy mashgʻulotlarda qatnashishdan voz kechdi.

Oʻyin

Maʼlumotlar

GK 25 Wojciech SzczęsnyRB 23 Jules KoundéCB 2 Pau CubarsíCB 5 Iñigo MartínezLB 35 Gerard Martín CM 21 Frenkie de Jong (c) CM 8 Pedri RM 19 Lamine YamalAM 20 Dani Olmo LM 11 Raphinha CF 7 Ferran Torres Zaxira:GK 1 Marc-André ter StegenGK 13 Iñaki PeñaDF 4 Ronald Araújo DF 15 Andreas ChristensenDF 24 Eric García DF 32 Héctor FortMF 6 Gavi MF 14 Pablo TorreMF 16 Fermín López FW 10 Ansu FatiFW 18 Pau Víctor Bosh murabbiy: Hansi Flick GK 1 Thibaut CourtoisRB 17 Lucas Vázquez (c) CB 35 Raúl AsencioCB 22 Antonio Rüdiger LB 23 Ferland Mendy CM 8 Federico ValverdeCM 14 Aurélien Tchouaméni RW 11 Rodrygo AM 5 Jude Bellingham LW 19 Dani Ceballos CF 7 Vinícius Júnior Zaxira:GK 13 Andriy LuninGK 26 Fran GonzálezDF 4 David AlabaDF 18 Jesús VallejoDF 20 Fran García MF 10 Luka Modrić MF 15 Arda Güler CF 9 Kylian Mbappé FW 16 Endrick FW 21 Brahim Díaz Bosh murabbiy: Carlo Ancelotti

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Ferran Torres (Barcelona)

Yordamchi hakamlar: Iker de Francisco Grijalba Asier Pérez de Mendiola González de Durana Toʻrtinchi hakam: Mateo Busquets Ferrer Zahira yordamchi hakam: Alfredo Rodríguez Moreno Video assistent referi: Pablo González Fuertes Video assistent referi yordamchilari: Íñigo Prieto López de Ceraín Francisco José Hernández MaesoOʻyin qoidalari 90 daqiqa. Agar kerak boʻlsa 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt Beshta almashtirish, qoʻshimcha vaqt davomida oltinchi almashtirishga ruxsat beriladi.

Oʻyin voqealari va oqibatlari Uchrashuv sudyasi De Burgos Bengoetxea uchta qizil kartochka berdi – ularning barchasi Real Madrid futbolchilariga nisbatan. Antonio Rüdiger, allaqachon almashtirilganiga qaramay, ikkinchi ekstra taymning qoʻshib berilgan daqiqalarida texnik zonadan sudya tomon bir buyum uloqtirgani uchun qizil kartochka oldi. Lucas Vázquez esa referi qaroriga qarshi agressiv tarzda maydonga chiqib kelgani uchun, maydondan chetlatildi. Hal qiluvchi hushtak chalinganidan soʻng, Jude Bellingham ham De Burgosga nisbatan agressiv munosabatda boʻlib, jamoa aʼzolari tomonidan ushlab qolinish darajasiga borgani uchun qizil kartochkaga loyiq koʻrildi.

Maydondan chetlatilgach, Rüdiger oʻzining xatti-harakatlari uchun jamoatchilik oldida uzr soʻradi, oʻz harakatlariga hech qanday bahona yoʻqligini tan oldi va muxlislarni xafa qilgani uchun afsusdaligini bildirdi. Biroq, Rüdiger toʻrt matchdan oʻn ikki matchgacha muddatga, yoki qoidabuzarlik yanada jiddiyroq deb tasniflangan taqdirda uch oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Vázquez va Bellingham ikki oʻyinlik diskvalifikatsiya olishadi, ular kelgusi mavsumdagi Copa del Rey oʻyinlariga taʼsir qiladi.

Manbalar

Turkum:Copa del Rey finallari Copa Copa Copa