Ziya Nuriyevich Nuriyev (, ; 1915-yil 21-mart, Verxnelachentau, Ufa guberniyasi – 2012-yil 19-oktyabr, Moskva) – sovet davlat va partiya arbobi. Boshqird ASSRdan 4—11-chaqiriqlar (1954—1986) SSSR Oliy Soveti Ittifoqi Kengashi deputati. KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi (1961—1986). Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1975).
Hayoti Nuriyev 1915-yil 21-martda Ufa guberniyasidagi tatar tilida soʻzlashuvchi tatar-boshqird qishlogʻi Verxnelachentauda(hozirgi Boshqirdistonning Birsk tumanidagi Verxnelachentau qishlogʻi) dehqon oilasida tugʻilganhttp://www.antat.ru/ru/ite/publishing/novye-izdaniya/files/%D0%A0%D0%95%D0%93%D0%98%D0%9E%D0%9D%D0%AB%20%D0%9A%D0%9E%D0%9C%D0%9F%D0%90%D0%9A%D0%A2%D0%9D%D0%9E%D0%93%D0%9E%20%D0%9F%D0%A0%D0%9E%D0%96%D0%98%D0%92%D0%90%D0%9D%D0%98%D0%AF%20%D0%A2%D0%90%D0%A2%D0%90%D0%A0.pdf. Millati boshqird. Onasi tomonidan bobosi volost oqsoqoli boʻlgan. Bobo Kutliy Ahmad va buvisi Shamsiyamal bir qiz va toʻrt oʻgʻil Fazliy Ahmad, Nuri Ahmad, Xuji Ahmad, Fayzi Rahmonni voyaga yetkazishgan. Ularning har birida 5—7 nafardan bolalari boʻlgan.
Nuriyevning otasi Nuri Ahmadning Birinchi jahon urushida qatnashib, qishloqqa qaytgach, tif kasaliga chalinib, Ziya uch yoshda boʻlganida vafot etgan. Otasi vafotidan keyin onasi Maftuha (1877—1957) yetti nafar farzandini (opalari Sobira (1902—1992), Nuriya, Soliha, Madixinur (1904—1992), akalari Galinur (1904—1992), Shayxinur (1941-yil urushda halok boʻlgan) oʻzi voyaga yetkazgan. 192- yil qurgʻoqchilikda oila oʻz chorva mollari tufayli tirik qolishgan, oila ularni oziq-ovqat uchun soʻyishgan. 1922-yili Ziya qishloqdagi boshlangʻich maktabga oʻqishga borgan. Onasi 80 yil umr koʻrgan va insultdan vafot etgan.
1933—1935 – Ziya Nuriyev kolxoz yoshlari maktabi oʻqituvchisi. 1935—1938 – Buray tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri. 1938—1940 – Qizil Armiyada harbiy xizmat, 2-maxsus Qizil Bayroqli armiya artpolki VLKSM byurosi kotibi. 1940—1942 – Buzovyaz tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri. 1942—1943 – Podlubovskaya MTS siyosiy boʻlimi boshligʻi. 1943—1944 – Butunittifoq Kommunistik partiyasi Buzovyaz tuman qoʻmitasining 2-kotibi. 1944—1945 – Butunittifoq Kommunistik partiyasi Kigin tuman qoʻmitasining 1-kotibi. 1945—1948 — Butunittifoq Kommunistik partiyasi Boshqird viloyati qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi. 1951—1952— Butunittifoq Kommunistik partiyasi Boshqird viloyati qoʻmitasining partiya, kasaba uyushma va komsomol organlari boʻlimi boshligʻi. 1952—1957 – KPSS Boshqird viloyati qoʻmitasi kotibi, 2-kotibi. 1957—1969 – KPSS Boshqird viloyat qoʻmitasining 1-kotibi. 1969—1973 – SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Xarid boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, SSSR Taʼminot vaziri. 1973—1985 – SSSR Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, SSSR Vazirlar Kengashi Prezidiumining agrosanoat kompleksi masalalari boʻyicha komissiyasi raisi.
left|thumb|161x161px| Z. N. Nuriyevning qabri 1985-yil noyabrda pensiyaga chiqqan. Nuriyev pensiyada boʻlganida „Ot aula do Kremlya“ nomli xotiralar kitobini yozib, unda Mao Szedun, K. E. Voroshilov, I. Gandi, E. Xonekker, N. S. Xrushchyov, A. I. Mikoyan, L. I. Brejnev, M. S. Gorbachyov bilan ishlagan davrlari, B. N. Yeltsin, I. V. Stalinning tarixdagi roli haqida oʻz fikrlarini bildirgan.
1985-yil dekabrda SSSR Vazirlar Kengashining Davlat maslahatchisi etib tasdiqlangan. Bu lavozimda 1988-yilgacha ishlagan.
2012-yil 19-oktyabrda Moskvada 98 yoshida vafot etgan. Nuriyev Novodevichye qabristonida 4-uchastkasida xotinining yoniga dafn etilganhttp://img-fotki.yandex.ru/get/6446/16389044.29/0_87f4b_8c7a8068_orig.
Taʼlimi
Birsk pedagogika texnikumi (1933). Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabi (1951). Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1966). „Ekonomika i proizvodstvo zerna“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Oilasi Xotini Aysylu Xabirovna, oʻgʻli Vil (1986-yilda vafot etgan), kelini Svetlana Mixaylovna, nabiralari Eldar, Rustem, chevaralari Aleksey, Anastasiya.
Mukofotlari
Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1975) Beshta Lenin ordeni (1949, 1965, 1971, 1975, 1985) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1949) Hurmat belgisi ordeni (1944) Salavat Yulayev ordeni (Boshqirdiston) (2009) Suxe-Bator ordeni
Xotira 2013-yil mart oyida Moskvaning „Boshqirdiston zamindoshlari“ mintaqaviy jamoat tashkiloti Boshqirdiston Respublikasi Prezidenti R. Z. Xamitovga taniqli hamyurtining xotirasini abadiylashtirish taklifi bilan murojaat qilgan. Ufa koʻchalari yoki maydonlaridan biriga Ziyo Nuriyev nomini berish, yodgorlik taxtasini oʻrnatish taklifni berishganwww.bashpred.ru/press-tsentr/40571.html.
Manbalar
Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXII syezdi delegatlari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:19-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:21-martda tugʻilganlar Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 65 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Alifbo boʻyicha iqtisodchilar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar