Hirot qamali musulmonlarning Eronga yurishlarining bir qismi boʻlib, ushbu yurishga Ahnaf ibn Qays boshchilik qilgan.
Tarixi Xalifa Umar (634—644) hijriy 642-yilda Sosoniylar imperiyasiga qarshi hujum boshladi va 651-yilga kelib, ushbu imperiya vayron boʻldi. Biroq Xurosonning ayrim hududlarida eftaliy ittifoqchilarining yordami bilan hukmronlik saqlanib qolingan edi.
651-yilda Xurosonni zabt etish vazifasi Abdulloh ibn Omir tomonidan Ahnaf ibn Qaysga yuklandi. Abdulloh 650-yilda Erondan yurish boshladi va Raydan qisqa va kamroq foydalaniladigan yoʻl orqali harakatlandi. Ahnaf esa shimolga, toʻgʻridan-toʻgʻri hozirgi Turkmanistondagi Marvga yoʻl oldiThe Muslim Conquest of Persia by A. I. Akram. Ch:17. 1 September 2009 ,. Keyinchalik Ahnaf Abdulloh tomonidan Banu Tamim qabilasi vakillaridan tuzilgan old qoʻshin hamda 1000 nafar Asavira yaʼni sobiq sosoniy elit otliq askarlariga rahbarlik qilish uchun yuborilgan. Tabasyin aholisi xalifalikdan yuz oʻgirib isyon koʻtardi, biroq Ahnaf ibn Qays yana ularni boʻysundirgan va bu safar ularga ogʻirroq soliq yuklagan. Shundan soʻng Ahnaf oʻz yurishlarini davom ettirigan, dastlab Hirot tinchlik shartlariga rozi boʻlgan va jizya toʻlashga kelishilganThe Oxford Handbook of Iranian History edited by Touraj Daryaee.
Jang 652-yilda Hirot yana qoʻzgʻolon koʻtargach, Ahnaf yana hujum qilishga majbur boʻldi. Hirot hukmdorini yengib, u bilan yana bir bor shartnoma tuzdi. Ammo Hirot hukmdori Kareniylar va boshqa koʻplab Xuroson aholisi bilan birgalikda arablarga qarshi isyon koʻtardi va Badgʻis jangida magʻlubiyatga uchradi.
Yana qarang Sosoniylar davlati
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:652