Al-Lays ibn al-Fadl a-Abivardiy () Abbosiylar xalifaligida xizmat qilgan viloyat noibi. Misr (798—803) va Seyiston (815—819) noibi lavozimlarida ishlagan.

Misr noibligi Manbalarda mavla deya taʼriflangan al-Lays xalifa Horun ar-Rashid () tomonidan 798-yilda Misr noibi etib tayinlangan. Unga namoz va xavfsizlik hamda soliq (xiroj) ustidan ham vakoalt berilgan; (using different dates).. Besh yillik boshqaruvi davrida mahalliy nasroniylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan, ammo soliq yig‘ishni qat’iy nazorat qilgani bilan tanilgan; .. Faoliyati davomida ikki marta, 799 va 801-yillarda soliq tushumlari va sovgʻalarni xalifaga shaxsan yetkazish uchun viloyatni tark etgan vaqtida oʻrinbosarlari noib vazifasini bajarib turgan; (using different dates); ..

802-yilda al-Lays Havf tumani aholisining e’tiroziga duch keldi. Aholi hukumat o‘lchovchilari ekin maydonlarini qasabaning standart uzunligidan qisqaroq kalibrlangan asboblar yordamida o‘lchayotganidan shikoyat qildi. Buning natijasida yer egalari soliq to‘lovlarida ortiqcha to‘lov qilishga majbur bo‘layotgan edi. Al-Lays aholining shikoyatlarini eʼtiborsiz qoldirgach, havfliklar isyon koʻtarib, Fustatga yurish qilishdi. Noib ularga qarshi qoʻshin joʻnatishga majbur boʻldi. Jangda magʻlubiyatga uchragan havfliklar ortga chekinishdi. Saksonta bosh ammaviy namoyish qilish uchun Fustatga joʻnatildi; (using different dates); ; ..

Magʻlubiyatga qaramay, havfliklar soliq toʻlashdan bosh tortishda davom etishdi. Al-Lays oxir-oqibat yordam soʻrash uchun Horun ar-Rashid huzuriga borishga qaror qildi. Shu payt Mahfuz ibn Sulaymon ismli bir shaxs xalifa huzuriga kelib, qoʻshindan foydalanmasdan ham kerakli soliq tushumini yigʻish mumkinligini aytgan. Natijada, Horun al-Laysni lavozimidan boʻshatib, Mahfuzni viloyatning moliyaviy noibi etib tayinladi. Ahmad ibn Ismoil ibn Ali al-Hoshimiy esa xavfsizlik boʻyicha noib etib tayinlandi; (using different dates); ; ..

Seyiston noibligi 815-yilda xalifa al-Maʼmun () al-Laysni Seyiston noibi etib tayinlaydi. Viloyatga kelgan al-Lays tayinlangan yangi noibga qarshi kurashish uchun kuchlarni birlashtirgan oʻzidan oldingi noib Muhammad ibn al-Ashʼas at-Tarobiy va isyonchi Harb ibn Ubaydaning jiddiy qarshiligiga duch keldi. 815-yil dekabr oyida al-Lays viloyat markazi Zaranjga yetib borgach, 400 otliq askar bilan shaharni egallab, shaharni Harb tarafdorlaridan tozaladi. Biroq, tez orada shahar atrofidagi qishloqlarda qoʻzgʻolonchilar son jihatidan ustunlikka ega ekanligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham al-Lays xorijiylar yetakchisi Hamza ibn Azarakka murojaat qilishga qaror qilib, ikkalasi Harb va Ibn al-Ashʼasga qarshi ittifoq tuzishga kelishib olishdi. Oxir-oqibat qoʻzgʻolonchilar hal qiluvchi jangda magʻlubiyatga uchrashdi. Keyinchalik Harb gʻoyib boʻldi. Ibn al-Ashʼas esa Zaranjga qochib ketdi. Keyinroq al-Lays uni ushlab, mayib qilib, oʻldirdi.

Jangdan soʻng al-Laysning hukmronligiga deyarli qarshilik boʻlmadi. Toʻrt yillik noibligi davrida Seyistonda nisbatan osoyishtalik kuzatildi. Xorijilarga bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻlib, Zaranjga hech qanday qarshiliksiz kirish va chiqishga ruxsat berdi. Mahalliy ayyarun esa hukumat bilan yarashtirilib, al-Lays tomonidan iltifot koʻrsatildi. Tinchlik tufayli tez orada viloyat iqtisodiy gullab-yashnay boshladi. Al-Lays boshqaruvi davrida qarilish va savdo sezilarli darajada oʻsdi.

Seyistonga nisbatan vakolatga ega boʻlgan Xuroson noibi Gʻasson ibn Abbod 819-yilda Ayon ibn Harsama ibn Ayonni noib etib tayinlashga qaror qildi. Al-Lays tayinlovga qarshi chiqishi mumkinligini hisobga olgan Ayon Zaranjga yashirincha kirib, noibni kuch bilan qoʻlga olishga urinib koʻrish uchun oʻz oʻrinbosarini yubordi. Ushbu urinish muvafaqqiyatsiz boʻlgan boʻlsa-da, al-Lays Ayonning tayinlanishini tan olishga qaror qildi. Al-Lays lavozimidan isteʼfoga chiqib, Zaranj hududida mulk olgan holda nafaqaga chiqdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari