Suhayb Nazir Sulton (1980-yil 26-avgustda tugʻilgan- 2021-yil 16-aprelda vafot etgan) – Amerikalik ruhoniy shuningdek, Prinston universitetining musulmon ruhoniysidir. U mamlakatdagi birinchi universitet musulmon ruhoniylaridan biri edi. Suhayb Shimoliy Karolina shtatida tugʻilgan va Indiana shtatida katta boʻlgan.
Taʼlim Sulton Hartford Din va Tinchlik Xalqaro Universitetida Islom ruhoniyligi, Islom fanlari va Xristian-musulmon munosabatlarini oʻrgangan va 2002-yilda Hartford Ilohiyot seminarini bitirgan.
Ish faoliyati 2005-yilda Sulton Yael universitetining Ruhoniylar idorasining birinchi Musulmon aʼzosi boʻldi va Triniti kollejida hamda Wesleyan universitetida musulmon ruhoniy sifatida xizmat qildi. 2008-yilda Suhayb Prinston Universitetida toʻliq vaqt musulmon ruhoniysi boʻlib ishlashni boshladi.
U jamoat maʼruzachisi va Islom, Musulmon madaniyati va Musulmon-gʻarb munosabatlar boʻyicha yozuvchi boʻlib, vaqti-vaqti bilan Huffington postining Din boʻlimida blog yuritgan. Yozuvchi „Soxtalar uchun Qur’on“(2004) va „Qur’on va Muhammad paygʻambarning soʻzlari: tanlov qayd etilgan va tushuntirilgan“(2007) kabi asarlarning muallifidir. Bundan tashqari, Suhayb Sulton tez-tez islom dinidagi juma xutbalarini oʻqib turgan, oxirgisi 2021-yil mart oyida boʻlgan.
Vafoti Sultonga 4-bosqichli bil kanallari saratoni bilan tashxis qoʻyilgan va 2021-yil 16-aprel kuni olamdan oʻtgan. Uning dafn marosimi esa ertasi kuni oʻtkazilgan.
Uning „Amerikalik musulmonlar uchun islomiy vaʼz sanʼati boʻyicha qoʻllanma“ kitobi 2023-yilda Martin Nguyen tomonidan taqdimot va tahrirlar bilan oʻlimidan keyin nashr etilgan. Kitob aslida Sultonning magistrlik dissertatsiyasi boʻlan edi.
Manbalar