2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Gabonda Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar umumiy aholining 10 foizini () tashkil etadi. Mamlakat aholisining aksariyati nasroniyThe ARDA website, retrieved 2023-08-03. Gabon musulmonlarining deyarli barchasi sunniy islomga amal qiladiUS State Dept 2022 report. Mamlakatda musulmonlar diniy targʻibot qilish va masjidlar qurish huquqiga ega.
Tarixi Islom Gabonga dastlab 19—20-asrlarda fransuzlar tomonidan yuborilgan senegallik askarlar va xausa savdogarlari orqali kirib kelgan. Biroq islom dini 1970—1980-yillargacha faol tarqalmagan. Gabon prezidenti Omar Bongoning Islomni qabul qilishi, boshqa taniqli gabonlik shaxslarning ham musulmon boʻlishi dinning ommalashuviga turtki boʻldi. Oʻshandan beri Islom mamlakatdagi muhim dinlardan biriga aylandi.
Gabondagi aksariyat musulmonlar mahalliy gabonliklardir. Chetdan kelgan musulmonlarning aksariyati Gʻarbiy Afrikadan. 2017-yil holatiga koʻra, Gabon 24 ta masjid mavjud. Eng yirik masjidlar Librevil, Port-jantil, Franceville va Oyemda joylashgan. Manbalar
Turkum:Gabonda Islom Turkum:Gabonda din