Maxtumquli Firogʻiy — turkman shoiri Maxtumquli hayoti va ijodiga bagʻishlangan tarixiy-badiiy film.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan Kinematografiya agentligi, „Turkmanfilm“ birlashmasi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida tasvirga olingan.
Mukofotlari Film Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan „Qoʻrqut ota“ IV xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Film rejissyori Muzaffarxon Erkinov va turkmanistonlik bosh rol ijrochisi Axmet Amandurdiyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qarori bilan tasdiqlangan „Maxtumquli Firog‘iy“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Tarixiy filmlar Turkum:2024-yil filmlari Turkum:Muzaffar Erkinov filmlari