Hisor masjidi () yoki Hisarönü masjidi () – Turkiyaning Izmir shahridagi tarixiy masjid. 1592–1598-yillar oraligʻida Izmir beyi va Usmoniylar hokimi Aydinogʻlu Yoqubbey tomonidan qurilganligi qayd etilgan. XVI asrga oid ushbu masjid shahar markazidagi eng yirik masjidlardan biri boʻlib, uning ichki qismida Izmirda joylashgan Usmoniylar islom sanʼati namunalari mavjud.

Meʼmorchiligi Masjidning markazida, kirish eshigiga qaragan holda bitta asosiy gumbaz joylashgan boʻlib, sakkizta yirik ustunlar gumbazni koʻtarib, mustahkamlab turadi. Uning har ikkala tomonida yana uchta katta gumbazlar joylashgan, gumbazning eng yuqori qismi orqa tarafida uchta kichik gumbaz mavjud. Hovlining yon tomonlari boʻylab ketma-ket yettita gumbaz joylashgan. Hovliga qaragan holda joylashgan shodirvon (tahorat olinadigan favvora) ham mavjud413 yıllık cami çalışmaları sona eriyor. Masjid shikastlanganidan keyin 1813, 1881, 1927 va 1980-yillarda qayta tiklanganİzmir’deki Hisar Cami 2010 Haziranʼda ibadete açılacak.

Galereya

Manbalar

Turkum:Izmirdagi Usmoniylar masjidlari Turkum:18-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar