Lasius uzbeki — chumolilar oilasi tarkibiga kiruvchi biologik tur. Turning nomi Oʻzbekiston sharafiga nomlangan. Oʻzbekiston, Qozogʻiston hamda Qirgʻizistonda keng tarqalgan. Dengiz sathidan 1400—2000 metr balandlikda uchraydi. Tavsifi Bu turdagi chumolilar tanasining uzunligi 5 mm dan oshmaydi. Tanasining rangi – sargʻish-jigarrang. Tanasiga nisbatan koʻzi yirik. Ilmiy sohada kam tadqiq qilingan. Uya hosil qilgan holatda hayot kechiradi, asosan, butalarga yaqin joylarda hamda allyuvial tekisliklarda hayot kechiradi. Bu tur ilk marotaba 1992-yilda nemis mirmekologi Bernhard Seifert tomonidan oʻrganilgan (page 25, fig. 41). Yana qarang Chumolilar Oʻzbekiston
Manbalar
Turkum:Biologik turlar Turkum:Alifbo boʻyicha hayvonlar