Eski anhor – Qashqadaryo daryosining Qarshi tumanidan oqib oʻtuvchi qismidan boshlanuvchi kanal. Umumiy uzunligi 7,7 kmni tashkil qiladi. Qarshi shahrining „Bogʻishamol“ mahallasi hududigacha oqib boradi. Kanalning 4,2 km qismi Qarshi shahrida, 3,5 km qismi esa Qarshi tumanida joylashgan. Kanal kesib oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi A-380 yoʻlida koʻprik barpo etilgan. Kanal oqib oʻtadigan barcha yondosh hududlar betonlangan. Har yili mavsumiy tarzda loy qatlamlardan tozalanadi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston suv kanallari