alt=Existential quantifier|thumb|Ekzistensial miqdoriy koʻrsatkich ∃ koʻpincha mantiqda mavjudlikni ifodalash uchun ishlatiladi. Mavjudlik – yoʻqlik va nomavjudlikdan farqli oʻlaroq, borliq yoki reallikka ega boʻlish holati. Mavjudlik koʻpincha mohiyat bilan solishtirilib, narsaning asl mohiyati uning asosiy xususiyatlari yoki sifatlariga tegishli boʻladi. Bu xususiyatlarni narsaning mavjud yoki yoʻqligini bilmasdan ham tushunish mumkin.

Ontologiya borliqning mohiyati va turlarini oʻrganadigan falsafiy fan hisoblanadi. Unda borliq va yoʻqlik, reallik va mavjudlik kabi tushunchalar chuqur oʻrganiladi. Ontologiya atamasi yunonchadan olingan boʻlib, „onto“ – borliq, „logos“ – soʻz, taʼlimot degan maʼnolarni anglatadi. Bu atama Johannes Clauberg tomonidan fanga kiritilgan, Christian Wolff tadqiqotlari esa bu atamani keng tarqalishiga asos boʻlgan. Mavjudlik ontologiyaning asosiy xossasi hisoblanadi, shu bois, u umumiy qabul qilingan falsafa tilida ontologiya deb ham yuritiladi. Yagona mavjudlik alohida narsalarning borligini, umumiy mavjudlik esa tushunchalar yoki universal hodisalarning mavjudligini ifodalaydi. Fazo va zamonda mavjud boʻlgan narsalar, sonlar va toʻplamlar kabi mavhum tushunchalardan farqli ravishda, aniq mavjudlikka ega boʻladi. Boshqa farqlar esa xayoliy, tasodifiy va zaruriy, shuningdek, fizik va aqliy mavjudlik oʻrtasida kuzatiladi. Odatda, biror narsa yo mavjud, yo yoʻq deb hisoblanadi. Biroq, ayrim faylasuflar mavjudlikning darajalari bor degan fikrni ilgari suradilar. Ularning taʼkidlashicha, baʼzi narsalarning mavjudlik darajasi boshqalarga nisbatan yuqoriroq boʻladi.

Ontologiyadagi anʼanaviy nuqtai nazar shundan iboratki, mavjudlik ikkinchi darajali xususiyat yoki xususiyatlarning oʻziga xos jihati hisoblanadi. Boshqa bir qarashga koʻra, mavjudlik birinchi darajali xususiyat yoki shaxslarga xos boʻlgan xususiyatdir. Bu shunday maʼnoni anglatadiki, mavjudlik ham xuddi rang va shakl kabi insonlarning boshqa xususiyatlariga oʻxshaydi. Alexius Meinong va uning izdoshlari bu gʻoyani qabul qilib, barcha individlar ham bu xususiyatga ega emasligini taʼkidlashadi; ularning fikricha, Qorbobo kabi mavjud boʻlmagan baʼzi individlar ham bor. Universalistlar bu qarashni rad etadilar; ular mavjudlikni har bir shaxsning umumiy xususiyati deb hisoblaydilar.

Mavjudlik tushunchasi falsafa tarixi davomida muhokama qilib kelingan va qadimgi falsafada ham muhim oʻrin tutgan. Bu tushuncha Qadimgi Yunonistonda Suqrotdan oldingi falsafada, Qadimgi Hindistondagi hind va budda falsafasida, hamda Qadimgi Xitoyning daosizm falsafasida oʻz aksini topgan. Shuningdek, u mantiq, matematika, bilish nazariyasi, ong falsafasi, til falsafasi va ekzistensializm kabi sohalar bilan ham bogʻliqdir.

Taʼrif va tegishli atamalar Lugʻatlarda mavjudlik borliqda ishtirok etish yoki mavjud boʻlish sifatida taʼriflanadi||. Mavjudlik real mavjudotlarni xayoliy mavjudotlardan ajratib turadi, shuningdek, ham alohida mavjudotlarga, ham butun borliqqa taalluqli boʻlishi mumkin||. „Mavjudlik“ soʻzi ingliz tiliga XIV asr oxirida eski fransuz tilidan kirib kelgan. Bu soʻz oʻrta asrlarda ishlatilgan lotincha ex (s) istere atamasidan kelib chiqqan boʻlib, „oldinga turmoq“, „paydo boʻlmoq“, „koʻtarilmoq“ degan maʼnolarni anglatadi. Borliq metafizikaning ontologiya deb nomlanuvchi boʻlimida oʻrganiladi||.

„Borliq,“ „reallik“ va „aktuallik“ atamalari koʻpincha „mavjudlik“ ning sinonimlari sifatida ishlatiladi||, ammo mavjudlikning aniq taʼrifi va uning ushbu atamalar bilan bogʻliqligi bahsli masala||. Metafizik olim Alexius Meinongning (1853—1920) fikricha, hamma mavjudotlar bor, ammo ularning hammasi ham mavjudlikka ega emas. Meinong Qorbobo kabi faqatgina xayoliy narsalar bor, lekin ular asl hayotda mavjudlikka ega emas degan fikrni ilgari suradi||. Ontolog Takashi Yagisawa (XX asrdan bugungi kungacha) mavjudlikni reallik bilan taqqoslaydi; u „reallik“ni eng asosiy tushuncha sifatida koʻradi, mavjudlikni esa nisbiy tushuncha deb hisoblaydi, yaʼni mavjudlik – bu mavjudotni u yashayotgan dunyo bilan bogʻlaydigan aloqadorlik hisoblanadi|. Edmund Husserl (1859—1938) kabi baʼzi faylasuflarning fikricha, mavjudlik asosiy tushuncha hisoblanadi, yaʼni uni boshqa atamalar orqali taʼriflash mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, mavjudlikni tasvirlash yoki uning mohiyati haqida oddiy boʻlmagan tarzda soʻzlash murakkab yoki imkonsiz boʻlishi mumkin||.

Borliqning mohiyati haqidagi bahslar mavjudlikning yuzaki va chuqur tushunchalari oʻrtasidagi farqda oʻz aksini topadi. Mavjudlikning yuzaki tushunchalari uni barcha mavjud narsalarga xos boʻlgan mantiqiy xususiyat sifatida talqin qiladi; bu tushunchalar mavjudlikka ega boʻlishning metafizik tahlillari haqida hech qanday muhim mazmunni oʻz ichiga olmaydi. Bir nuqtayi nazarga koʻra, mavjudlik oʻziga xoslikning mantiqiy xususiyati bilan bir xil. Bu fikr mavjudlikning yuzaki tushunchasini ifodalaydi, chunki u mavjudlik mohiyatining biron-bir jiddiy xususiyatlarini tahlil qilmasdan, faqatgina mavjud narsaning oʻziga aynan oʻxshashligini taʼkidlab oʻtadi|||. Mavjudlikning chuqur tushunchalari esa biror narsaning mavjud boʻlishi nimani anglatishi va mavjudlik oʻz ichiga oladigan asosiy xususiyatlarning metafizik tahlilini qamrab oladi. Baʼzi fikrlarga koʻra, mavjud boʻlish – bu makon va zamonda mavjud boʻlish va boshqa narsalarga taʼsir qilishdir. Ammo, bu taʼrif bahsli, chunki sonlar kabi mavhum tushunchalarning mavjud emasligi ham taʼkidlanadi. Faylasuf George Berkeley (1685—1753) mavjudlikning boshqa chuqur tushunchasini ilgari surgan; u shunday taʼkidlagan: „mavjud boʻlish – idrok etilishdir“, yaʼni barcha mavjudlik aqliy xususiyatga ega|||}}.

Mavjudlik yoʻqlik yoki reallikning yoʻqligi bilan qarama-qarshi turadi. Narsalarni mavjud va mavjud boʻlmagan narsalarga ajratish mumkinligi bahsli masala hisoblanadi. Bu farqlanish baʼzan ajdarho va yakkashoxlar kabi xayoliy mavjudotlar haqida qanday fikr yuritish mumkinligini tushuntirish uchun qoʻllaniladi. Biroq, mavjud boʻlmagan narsalar tushunchasi umuman qabul qilinmagan; ayrim faylasuflar ushbu tushunchaning oʻzida ziddiyat borligini taʼkidlashadi||. Bir-biriga yaqin boʻlgan qarama-qarshi tushunchalar yoʻqlik va nomavjudlikdir||. Mavjudlik odatda ongdan mustaqil boʻlgan reallik bilan bogʻliq, biroq bu qarash hamma tomonidan birdek qabul qilinmaydi, chunki ongga bogʻliq mavjudlik shakllari ham boʻlishi mumkin, masalan, insonning ongidagi gʻoyaning mavjudligi. Baʼzi idealistlarning taʼkidlashicha, bu holat butun borliqqa ham taalluqli boʻlishi mumkin|.

Mavjudlik va mohiyat oʻrtasida yana bir qarama-qarshilik mavjud. Mohiyat deganda, mavjudotning ichki tabiati yoki uni aniqlovchi sifatlari tushuniladi. Narsaning mohiyati uning qanday turdagi mavjudot ekanligini va boshqa turdagi mavjudotlardan qanday farqlanishini belgilab beradi. Mohiyat narsaning nima ekanligini, mavjudlik esa uning bor ekanligini anglatadi. Masalan, biror narsalarning mavjudligini bilmasdan turib ham, uning nima ekanligini tushunish va mohiyatini anglash mumkin||. Baʼzi faylasuflarning fikricha, mavjudotlar va ularni oʻsha mavjudot qilib turadigan asosiy xususiyatlar oʻrtasida farq bor||. Ushbu tushunchani Martin Haydegger (1889—1976) ilgari surgan; u buni ontologik farq deb atab, alohida mavjudotlarni borliq bilan qarama-qarshi qoʻygan. Uning borliq masalasiga bergan javobiga koʻra, borliq oʻzi bir mavjudot emas, balki barcha alohida mavjudotlarni anglash imkonini beradigan asosiy zamindir, u orqali boshqa narsalar maʼno kasb etadi||.

Makon va zamon

Makon va zamon borliqning asosiy shakllari hisoblanadi. Fazo narsalarning hajmini, oʻzaro joylashish tartibini, vaqt esa hodisalarning ketma-ketligini, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. Baʼzi fikrlarga koʻra, har qanday moddiy jism joyga, koʻlamga hamda hajmga ega. Fazo – vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nutqalarning oʻzaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt fazoning muayyan nuqtasida roʻy beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi. Fazo narsalar joylashadigan joy maʼnosida, vaqt esa hodisalar boʻlib oʻtadigan muddat maʼnosida ishlatiladi.

Mavjud ob’ektlarning turlari Mavjud narsalarning turlari haqidagi koʻplab muhokamalar quyidagi masalalar atrofida boʻlib oʻtadi: turli xil narsalarning taʼriflari, maʼlum bir turdagi narsalarning mavjudligi yoki yoʻqligi, turli xildagi narsalarning oʻzaro munosabatlari, hamda ayrim turlarning boshqalariga nisbatan muhimroq yoki asosiyroq ekanligi|||. Ruhlarning mavjud yoki mavjud emasligi; mavhum, xayoliy va umumiy tushunchalarning bor-yoʻqligi; shuningdek, haqiqiy dunyodan tashqari boshqa mumkin boʻlgan dunyolar va narsalarning mavjudligi yoki yoʻqligi bunga misollardir||}}. Ushbu munozaralar barcha voqelikning asosini tashkil etuvchi eng muhim unsurlar, tarkibiy qismlar hamda mavjudotlarning umumiy xususiyatlari haqidagi mavzularni qamrab oladi.

Yagona va umumiy mavjudlik Yagona mavjudlik va umumiy mavjudlik oʻrtasida farq mavjud. Yagona mavjudlik ayrim shaxs yoki narsalarning mavjudligini anglatadi. Misol uchun, „Angela Merkel mavjud“ degan gap maʼlum bir shaxsning mavjudligini ifodalaydi. Umumiy mavjudlik esa umumiy tushunchalar, xususiyatlar yoki universal hodisalarga taalluqlidir. Masalan, „siyosatchilar mavjud“ jumlasida, muayyan bir siyosatchiga ishora qilmasdan, „siyosatchi“ degan umumiy atamani tushunish mumkin.

Yagona va umumiy mavjudlik bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, baʼzi faylasuflar ularning birini boshqasining maxsus holati sifatida tushuntirishga uringanlar. Masalan, Fregening taʼkidlashicha, umumiy mavjudlik yagona mavjudlikka nisbatan asosiyroq hisoblanadi. Bu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlovchi asosiy dalillardan biri shuki, yakka mavjudlikni umumiy mavjudlik orqali ifodalash mumkin. Misol uchun, „Angela Merkel mavjud“ degan gapni „Angela Merkel bilan aynan bir xil boʻlgan mavjudotlar bor“ tarzida ifodalash mumkin. Bu yerda „Angela Merkel bilan aynan bir xil boʻlish“ iborasi umumiy tushuncha sifatida qabul qilinadi. Faylasuf Willard Van Orman Quine (1908—2000) boshqa nuqtai nazarni ilgari surib, yagona mavjudlikka ustuvorlik beradi va umumiy mavjudlikni yagona mavjudlik orqali ifodalash mumkinligini asoslaydi.

Bu bilan bogʻliq savol shundaki, yagona mavjudliksiz umumiy mavjudlik boʻlishi mumkinmi? Faylasuf Henry S. Leonardning (1905—1967) fikriga koʻra, biror xususiyat faqat uni aks ettiruvchi kamida bitta haqiqiy narsa mavjud boʻlsagina umumiy mavjudlikka ega boʻladi.

Aniq va mavhum mavjudlik Ontologiyada aniq va mavhum narsalarning mavjudligi oʻrtasida ham muhim farq mavjud. Kundalik hayotda toshlar, oʻsimliklar va odamlar kabi koʻplab aniq narsalarga duch kelamiz. Ular bir-biriga taʼsir koʻrsatadi, masalan, tosh oʻsimlikka tushib, unga shikast yetkazgani kabi yoki oʻsimlik tosh orasidan oʻsib chiqib, uni yorib yuborgani singari. Sonlar, toʻplamlar va turlar kabi mavhum narsalar fazoda va zamonda joylashuvga ega emas hamda turli vaziyatlarga sabab boʻluvchi kuchlarga ham ega boʻla olmaydi|||. Aniq va mavhum narsalar oʻrtasidagi tafovutga baʼzan borliqning umumiy boʻlinishi sifatida qaraladi.

Aniq narsalarning mavjudligi toʻgʻrisida umumiy fikr mavjud, ammo mavhum narsalar haqidagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. Platon singari realistlar mavhum narsalarning mustaqil tarzda mavjudligini tan oladilar||. Baʼzi realistlarning taʼkidlashicha, mavhum narsalar aniq predmetlar kabi bir xil mavjudlik shakliga ega; boshqalarning fikriga koʻra esa, ular mutlaqo boshqacha tarzda mavjud boʻladi|. Antirealistlar mavhum narsalarning mavjud emasligini taʼkidlaydilar. Bu qarash koʻpincha mavjudlik uchun makon va zamonda joylashuv yoki oʻzaro taʼsir qilish qobiliyati zarur degan gʻoya bilan birgalikda keltiriladi|.

Xayoliy, tasodifiy va zaruriy mavjudlik