Rúben Dinarte Martins Andrade (1982-yil 7-iyun, Funshal, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi boʻlib, Andrade Ribeira Brava klubi safida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp surgan.

Klubdagi faoliyati Andrade 1982-yil Madeyraning Funshal shahrida tugʻilgan, 1999-yilda oʻzning professional futbolchilik faoliyatini mahalliy klubi C. F. Uniyon safida boshlagan. Andrade klub bilan shartnoma imzolagandan soʻng, deyarli faqat shu klub tarkibida toʻp surdi. 2000-yil 18-iyunda, hali yosh oʻyinchi boʻlishiga qaramasdan, Andrade katta jamoada debyut qildi. Andrade uchinchi ligada Juventude Sport klubiga qarshi mehmondagi oʻyinda (2:0) 45 daqiqa oʻynadi.

Keyingi mavsumlarda Andrade Portugaliya futbolining ikkinchi va uchinchi darajali ligalarida oʻynadi. Andrade birinchi marta ikkinchi darajali ligada 2002-yil 3-noyabrda maydonga tushdi. Bu oʻyinda Andrade Leca FC klubiga qarshi (0:0) oʻyinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 2009—2010-yilgi mavsumda Andrade oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi, 33 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. Ammo shunday boʻlsa ham, uning klubi uchinchi diviziondan yuqoriga koʻtarila olmadi.

Andrade 2014—2015-yilgi mavsumda 41 ta oʻyinda 6 ta gol urdi. Bu davrda União yigirma yildan ortiq tanaffusdan soʻng Primeira Ligaga qaytgan edi. 2015-yil 1-iyunda esa Andrade oʻz shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Andrade 16-avgust kuni 33 yoshida birinchi bor bahsda ishtirok etdi va C. S. Marítimo C.S klubiga qarshi boʻlgan oyinda 2-1 hisobida gʻalaba qozondi. Andrade bu oʻyinda 68 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Yutuqlari União Madeira

Segunda Divisão: 2001—2002, 2010—2011 Taça AF Madeira: 2002—2003, 2004—2005

Manbalar

Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar