Fumie Hosokawa (; 2-sentyabr 1971-yil, Mutsu, Aomori prefekturasi, Yaponiya) – yaponiyalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. Fumie Yaponiyaning seks-ramzlaridan biri. Hosokawa Madan Senki Ryukendô (2006), Shadow Warrior: Shogun Tokugava Ieyasu (1998) va Kikudjiro (1999) filmlaridagi rollari bilan mashhur boʻlgan.
Hayoti Fumie Hosokawa 1971-yil 2-sentyabrda Yaponiyaning Aomori prefekturasi Mutsu shahrida tugʻilgan. Hosokawa toʻrt yoshigacha Xirosima prefekturasining Etajima shahrida yashagan. Keyinchalik Gavayiga koʻchib oʻtib, u yerdagi maktabda bir yil oʻqigan. Bunga sabab Fumiening otasi Yaponiya harbiy dengiz kuchlarida kontr-admiral boʻlib ishlagani edi.
Hosokawa 1990-yil dekabr oyida bikini modeli sifatida jurnallarda suratga tushishni boshlagan. Koʻp oʻtmay Hosokawa qoʻshiqchilik faoliyatini va filmlarda rol oʻynashni boshlagan.
Rasmiy veb-saytida uning boʻyi 1,63 santimetr etib koʻrsatilgan. Tana oʻlchami esa yillarda davomida oʻzgartirib borgan. 1990-yilda uning tana oʻlchami 94-60-90 santimetr ekanligi qayd etilgan. 2006-yilga kelib esa 90-59-87 santimetrga oʻzgargan. Bikini modellik faoliyatidan keyin Hosokawa 2006-yilda oʻzining modellik suratlari akst etgan ikkita DVD diskini chiqargan.
2007-yil 20-dekabrda Hosokawa va uning eri Hisato Endoning birinchi farzandi: oʻgʻili tugʻilishi tufayli Hosokawa oʻz faoliyatini yakunlanishini eʼlon qildi. Ammo, Hosokawa farzandli boʻlishidan oldin, 2007-yil avgustda oʻzining ilk bor yalangʻoch suratlar fotoalbomini „Fumming“ni chop ettirdi.
2009-yil dekabr oyida Yaponiyadagi sport gazetalarning biri Hosokawa va Endoning ajrashganligi haqidagi maʼlumotni chop etdi. 2014-yilning mart Hosokawa oyida TBS telekanalinining „Sunday Japan“ koʻrsatuvida faoliyatini qayta boshlaganini maʼlum qildi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yaponiyalik aktrisalar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari