Yovuzlik muammosi – yovuzlik va azob-uqubatlarning mavjudligini qudratli, hamma narsani biluvchi va hamma narsaga qodir Hudo bilan qanday uyg'unlashtirish kerakligi haqidagi falsafiy savolThe Stanford Encyclopedia of Philosophy, "The Problem of Evil", Michael TooleyThe Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Evidential Problem of Evil", Nick Trakakis. Hozirda bu tushunchalarni turli ta'riflari bor. Muammoning eng taniqli taqdimoti yunon faylasufi Epikurga tegishli. Bu Devid Yum tomonidan ommalashgan.

Din falsafasidan tashqari, yovuzlik muammosi ilohiyot va axloq sohalari uchun ham muhimdir. Shuningdek, dunyoviy etikaNicholas J. Rengger, Moral Evil and International Relations, in SAIS Review 25:1, Winter/Spring 2005, pp. 3–16Peter Kivy, Melville's Billy and the Secular Problem of Evil: the Worm in the Bud, in The Monist (1980), 63 va evolyutsion etikaTimothy Anders, The Evolution of Evil (2000) kabi boshqa falsafiy sohalarda yovuzlik va ular bilan bog'liq muammolar haqida ko'plab munozaralar mavjud. Lekin baribir, odatda, yovuzlik muammosi diniy nuqtai nazardan tushiniladi.

Yovuzlik muammosiga javoblar an'anaviy ravishda uch xil bo'lgan: rad etish, himoya va teodika (Hudoni oqlash).

Yovuzlik muammosi odatda ikki xil shakllantiriladi: yovuzlikning mantiqiy muammosi va yovuzlikning daliliy muammosi. Argumentning mantiqiy shakli Xudo va yovuzlikning birgalikda yashashidaThe Stanford Encyclopedia of Philosophy, "The Problem of Evil", Michael TooleyThe Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Logical Problem of Evil", James R. Beebe mantiqiy imkonsizlikni ko'rsatishga harakat qiladi, daliliy shakl esa dunyoda shuncha yovuzlik bor ekan u xolda qudratli, hamma narsaga qodir va mutlaq yaxshi Hudo borligini so'roq ostiga oladiThe Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Evidential Problem of Evil", Nick Trakakis. Daliliy muammo haqida, ko'plab teodika taklif etilgan. Qabul qilingan teodikadan biri kompensatsiya teodisiyasidir. Ushbu nuqtai nazarga ko'ra, yovuzliklarning asosiy foydasi, ularning keyingi hayotdagi kompensatsiyasidan tashqari, yovuzlikning daliliy muammosini rad etishi mumkin. Yovuzlik muammosi inson bo'lmagan jonzod turlarining tabiiy yovuzliklardan, tabiat hodisalaridan azoblanishi va ularga nisbatan insonlarning shafqatsizligi singari inonga nisbatan bo'lmagan hayot shakllarigacha tarqaladi.

Olimlarning fikriga ko'ra, ko'pchilik faylasuflar yovuzlikning mantiqiy muammosini turli xil himoya vositalari bilan to'liq rad etilgan deb bilishadi.Howard-Snyder, Daniel; O'Leary-Hawthorne, John (1998). "Transworld Sanctity and Plantinga's Free Will Defense". International Journal for Philosophy of Religion. 44 (1): 1–21. . Alston, William P. (1991). "The Inductive Argument from Evil and the Human Cognitive Condition". Philosophical Perspectives. 5: 29–67. . . . .

Izoh

Yovuzlik Yovuzlikning keng tushunchasi uni har qanday og'riq va azob-uqubat deb belgilaydi, ammo bu ta'rif tezda muammoli bo'lib qoladi. Markus Singerning ta'kidlashicha, yovuzlikning foydali ta'rifi quyidagi tushunchaga asoslanishi kerak: "Agar biror narsa haqiqatan ham yomon bo'lsa, u kerak bo'lishi mumkin emas va agar u haqiqatan ham kerak bo'lsa, u yovuzl bo'lishi mumkin emas". Jon Kempning so'zlariga ko'ra, yovuzlikni "oddiy hedonik shkalada, zavq plyus, og'riq esa minus sifatida namoyon bo'ladi" deya tushunish to'g'ri bo'lmaydi. Milliy Tibbiyot Institutining ta'kidlashicha, og'riq omon qolish uchun juda muhim: "Og'riqsiz dunyo yuqori darajada xavfli joy bo'lgan bo'lar edi".

Hamma narsaga qodir Hudoga qarshi ko'plab dalillar yovuzlikning eng keng tushunchasiga asoslangan bo'lsa-da, "yovuzlik tabiati bilan qiziqqan ko'pchilik zamonaviy faylasuflar, birinchi navbatda, tor ma'noda yovuzlik bilan shug'ullanishadi". Yovuzlikning tor tushunchasi axloqiy hukmni o'z ichiga oladi va faqat mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir axloqiy instrumentlarga va ularning harakatlariga taalluqlidir; u ba'zi bir og'riq va azob-uqubatlarni yovuzlik deb hisoblamagan holda mavjud bo'lishiga imkon beradi.  Xristianlik "azobning najotkorlik qiymati" ga asoslanadi.

Faylasuf Eve Garrardning ta'kidlashicha, yovuzlik atamasi oddiy noto'g'ri xatti-harakatni tasvirlash uchun ishlatilmasligi kerak, chunki "yomon harakatlar va boshqa noto'g'ri harakatlar o'rtasida nafaqat sifat, balki miqdoriy farq bor; yomon harakatlar nafaqat juda yomon yoki noto'g'ri harakatlardir, balki ba'zi bir o'ta dahshatli sifatga ega bo'lish hamdir". Kalder yovuzlikni hech qanday ma'naviy asoslarsiz jabrlanuvchiga jiddiy zarar yetkazishga urinish yoki jiddiy zarar yetkazish istagiga ega bo'lishni o'z ichiga olishi kerakligini ta'kidlaydi.

Turli e’tiqod tizimlari nuqtai nazaridan qaralsa, yovuzlik turli ma’nolarga ega bo‘ladi va yovuzlikka diniy nuqtai nazardan qarash mumkin bo‘lsa-da, uni tabiiy yoki dunyoviy ma’noda ham, masalan, ijtimoiy illat, egoizm, kriminallik va sosiopatologiya kabi tushunish mumkin.Rorty, Amélie Oksenberg. Introduction. The Many Faces of Evil: Historical Perspectives. Ed. Amélie Oksenberg Rorty. London: Routledge, 2001. xi–xviii. Jon Kekes yozadiki, agar “(1) u (2) begunoh qurbonlarga og‘ir zarar yetkazsa va u (3) qasddan qilingan, (4) g‘arazli niyatli va (5) axloqiy jihatdan oqlab bo‘lmaydigan bo‘lsa”.

Omni-fazilatlar - Har tomonlama fazilatlar Omniscience (Hamma narsani bilish) - “maksimal bilim”dir. Massachusets universitetining olimi, falsafa va din fanlari doktori Edvard Virenganing fikricha, maksimal cheksiz emas, balki “Hudo bilish mumkin bo'lganni biladi” bilan chegaralangan.  Bu hamma narsani bilish haqidagi 21-asr olimlari orasida eng keng tarqalgan qarashdi hamda Uilyam Xasker buni freewill-theism (erkin iroda-teizm) deb ataydi. Bu nuqtai nazarga ko'ra, iroda erkinligiga ega bo'lgan shaxslarning tanloviga bog'liq bo'lgan kelajakdagi voqealar ular sodir bo'lgunga qadar noma'lumdir.

Omnipotence (Hamma narsaga qodirlik) - bu imkoniyatlar doirasidagi hodisalarni yuzaga keltirish uchun maksimal kuch, lekin yana maksimal kuch cheksiz emas. Faylasuflar Xoffman va Rozenkrantzning fikricha: “Imkonsiz holatni yuzaga keltirish uchun hamma narsaga qodir vositachi talab qilinmaydi... maksimal kuchning mantiqiy va temporal cheklovlari bor, jumladan, hamma narsaga qodir bo‘lgan shaxs sabab, boshqa vositachining erkin qarori singari cheklovlarni keltirib chiqara olmasligi kerak".

Omnibevolence (Hamma narsaga intiluvchanlik) - Hudoni hamma narsani sevuvchi deb biladi. Agar Hudo hamma narsani sevuvchi bo'lsa, u eng yaxshisiga ko'ra harakat qiladi, lekin agar eng yaxshisi mavjud bo'lmasa, Hudo iloji bo'lsa, jismoniy voqelik chegaralari doirasida yaratilishi mumkin bo'lgan va maqbul bo'lgan holatlarni yuzaga keltirishga harakat qiladi.

Himoya va teodikalar Yovuzlik muammosiga javoblar ba'zan himoya yoki teodika deb tasniflangan, ammo mualliflar aniq ta'riflar bo'yicha kelishgan emaslar.The Stanford Encyclopedia of Philosophy, "The Problem of Evil", Michael TooleyThe Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Evidential Problem of Evil", Nick Trakakis Umuman olganda, himoya yovuzlikning mantiqiy argumentini ko'rib chiqishga qaratilgan bo'lib, unda "Xudoning mavjudligi nafaqat ehtimoliy, balki mantiqan mumkin emas".The Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Evidential Problem of Evil", Nick Trakakis Himoya yovuzlikni to'liq tushuntirishni talab qilmaydi va u haqiqat yoki hatto ehtimol bo'lishi shart emas; Bu faqat ehtimol bo'lishi kerak, chunki ehtimol imkonsizlik mantiqini bekor qiladi.For more explanation regarding contradictory propositions and possible worlds, see Plantinga's "God, Freedom and Evil" (Grand Rapids, MI: Eerdmans 1974), 24–29.The Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Logical Problem of Evil", James R. Beebe

Boshqa tomondan, teodika ko'proq anglatishga harakat qiladi, chunki u yovuzlikning mavjudligini ishonchli asoslash - axloqiy yoki falsafiy jihatdan yetarli sababni berishga harakat qiladi. Bu Xudoning mavjudligi ehtimoldan yiroq ekanligini isbotlash uchun yovuzlik haqiqatidan foydalanadigan daliliy argumentlarni zaiflashtirish uchun mo'ljallangan.The Internet Encyclopedia of Philosophy, "The Evidential Problem of Evil", Nick Trakakis

Sekulyarizm Faylasuf Forrest E. Bairdning fikriga ko'ra, odamlar yovuzlik nima uchun borligini va uning dunyo bilan aloqasini tushuntirishga harakat qilganda dunyoviy yovuzlik muammosiga murojaat qilishi mumkin. Uning qo'shimcha qilishicha, "bizning dunyomizning tartibi va tuzilishiga bo'lgan asosiy ishonchimizni shubha ostiga qo'yadigan" har qanday tajriba yovuzlik sifatida ko'rilishi mumkin, shuning uchun Piter L. Bergerga ko'ra, odamlar "tartibsiz kuchlarga qarshi turishda ijtimoiy tuzilmalar uchun" yozuvlik borasidagi tushunchaga muhtoj.

Manbalar