Ibrohim Oqil (; Ibrohim Akil, 1962-yil 24-dekabr — 2024-yil 20-sentyabr), Al-Hajj Tahsin yoki Tahsin nomlari bilan ham mashxur, shuningdek Al-Hajj Abdul Xader taxallusini ham olgan. Jangari guruh boʻlmish Hizbullohning Redvan kuchlariga bosh qoʻmondonlik qilgan livanlik jangari. Ibrohim Oqil tashkilotning harbiy va xavfsizlik operatsiyalarini nazorat qiluvchi Jihod kengashining aʼzosidir. Baʼzi kuzatuvchilar Oqilni Hizbullohning amaldagi Bosh shtab boshligʻi vazifasini bajargan deb hisoblashgan.
1980-yillarda Oqil Hizbullohning 1983-yildagi AQSH elchixonasi portlatilishi va 1983-yildagi Bayrut kazarmalari portlatilishiga javobgar boʻlgan tuzilmaning muhim aʼzosi boʻlgan. 2015-yil 21-iyulda AQSH Moliya vazirligi tomonidan Oqilga Hizbullohdagi faoliyati uchun 13582-sonli Ijroiya farmoni asosida sanksiya qoʻllanadi. 2019-yilning sentyabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat departamenti uni Asosiy belgilangan global terrorchi sifatida roʻyxatga kiritgan. Adolat uchun mukofotlar dasturi () uning qoʻlga olinishiga sabab boʻla oladigan har qanday maʼlumotlar uchun 7 million dollargacha mukofot eʼlon qilgan. Ibrohim Oqil Fuad Shukrning vafotidan oldin „Hizbulloh“ harbiy qanoti sobiq qoʻmondonining oʻrinbosari boʻlib ishlagan deb taxmin qilinagan.
2024-yil 20-sentyabr sanasida Ibrohim Oqil Livanning Haret Hreik shahrida Isroil havo kuchlarining zarbasi natijasida halok boʻlganEmanuel Fabian, Hezbollah Jihad Council member Ibrahim Aqil was target of Beirut strike, sources say Times of Israel (20 September 2024).
Hayoti Ibrohim Oqil 1980-yilga kelib Hizbullohga aloqador boʻlgan Islom Jihod Tashkilotining muhim shaxslaridan biri boʻladi. Ushbu tashkilot 1983-yilda AQSHning Bayrutdagi elchixonasiga amalga oshirgan portlashida 63 nafar kishi halok boʻlgan, Bayrutdagi koʻp millatli harbiy bazalarga uyushtirilgan hujumlar natijasida esa 305 kishi vafot etgan. 1980-yillarda Ibrohim Oqil garovga olingan amerikaliklarni va nemislarni oʻgʻirlash uchun mas’ul boʻlgan.
2000-yil 4-fevralda Janubiy Livan mojarosi paytida Isroilning Boeing AH-64 Apache vertolyotlari Barish qishlogʻida Hizbulloh tashkilotining Janubiy Livan sektori (yoki Janubiy Livandagi gʻarbiy sektor) qoʻmondoni boʻlib xizmat qilayotgan Ibrohim Oqilning mashinasiga AGM-114 Hellfire raketalaridan oʻq ochgan. Birinchi raketa mashinaning orqa tomoniga tegib, mashinani agʻdarib yuboradi. Oqil qochib qola oladi hamda, bino orqasiga yashirinib oladi. Ikkinchi marta otilgan raketa esa mashinani yoʻq qilib tashlagan. Oqilning berkinishga ulgurganini koʻrishadi hamda qayta otilgan raketa borib devorga degadi. Oqil yengil jarohat olgan va bu hodisadan omon qolishga muvaffaq boʻlgan. Hujum chogʻida esa nafar tinch aholi, jumladan, chaqaloq ham jarohat olgan.
2006-yilgi Livan urushi paytida Oqil Hizbulloh va Suriya armiyasi oʻrtasidagi razvedkani muvofiqlashtirishga mas’ul shaxs boʻlgan. Bir oy oʻtgach, 2006-yil sentyabr oyida Hizbullohning xavfsizlik va razvedka xizmatlari boshligʻi boʻlib ishlayotgan paytida, „Intelligence Online“ gazetasi 1980 — 1990-yillar boshlarida Hisbulloh tomonidan Shimoliy Koreyaga harbiy mashgʻulotlarda ishirok etish uchun yuborilganlardan biri deb yozadi. 3 kishi, jumladan Hasan Nasrulloh, Mustafo Badriddin hamda Ibrohim Oqil shular jumlasidan.
2016-yil may oyida Mustafo Badriddin oʻldirilgandan soʻng, Oqil „Hizbulloh“ mudofaa vaziri lavozimiga uning oʻrniga koʻriladigan ikki nomzoddan biri boʻlgan.
Suiqasd
2024-yil 20-sentyabr kuni Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlari Bayrutning Dahieh chekkasidagi turar-joy binosiga toʻrtta raketa bilan zarba bergan, asosiy nishon Oqil boʻlgan. Havo hujumi natijasida kamida 37 kishi halok boʻlgan, jumladan, Hizbullohning yuqori martabali qoʻmondoni Ahmad Mahmud Vahabi, Hizbullohning boshqa 14 nafar yuqori martabali jangarilari, uch nafar bola va yettita ayol, yana 68 kishi yaralangan va ikkita bino qulab tushgan. Isroil hukumati bu hujum Oqilga qaratilganini hamda operatsiya Ibrohim Oqilning oʻlimi bilan tugaganini bildirgan.
Manbalar
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar Turkum:20-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Hizbulloh