Samuel Dias Lino (1999-yil 23-dekabr) – braziliyalik professional futbolchi, La Liganing „Atlético Madrid“ klubi qanot himoyachisi.
Faoliyati Yoshlik yillari Samuel Lino Santu-andre shahrida tugʻilgan va San-Pauludagi San-Bernardo-du-Kampo shahrida oʻsgan. Lino dastlab mahalliy jamoalarda futzal bilan shugʻullanadi. Keyinchalik 2016-yilda „São Bernardo“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga borib qoʻshiladi. U asosiy jamoasi safidagi debyutini 2017-yilning 21-may sanasida Série D doirasidagi „Novo Hamburgo“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Futbolchi uchrashuvning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushirildi.
2017-yilning 28-iyunida Lino „Flamengo“ jamoasi bilan 2018-yilning oktyabrigacha moʻljallangan ijara shartnoma imzoladi va klubning yoshlar jamoasi tarkibi faoliyatini davom ettiradigan boʻldi. Futbolchining ijarasi muddatidan biroz avval, yaʼni 2018-yilning iyulida yakunlandi va u „São Bernardo“ning asosiy jamoa futbolchilari safiga qaytarildi. Lino 25-avgust kuni „Santos B“ bilan uchrashuvda oʻzining ilk golini kiritdi.
Gil Vicente 2019-yil 30-iyun kuni Lino Portugaliya Primeira Ligasining „Gil Vicente“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi professional debyutini 3-avgust kuni Taça da Liga doirasidagi „Desportivo Aves“ jamoasiga qarshi (3:2) oʻyinda oʻtkazdi.
Lino oʻzining birinchi professional golini 2020-yil 2-fevralda „Moreirense“ klubiga qarshi safar uchrashuvida (5:1) kiritdi. Mavsum davomida u bor-yoʻgʻi ikki beshta liga uchrashuvida maydonga tushgan holda ikki gol muallifiga aylandi. Futbolchi 2020-yil 29-iyulda shartnomasini 2024-yilga qadar uzaytirdi va oʻzining ikkinchi yilidan boshlab muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi.
Lino 2021-2022-yilgi mavsum Primeira Ligada 12 ta gol muallifi boʻldi. Jumladan 2022-yil 8-may kuni „Tondela“ klubiga qarshi bahsda dubl muallifiga ham aylandi. Bu natijalar orqali u „Gil Vicente“ jamoasining ligada beshinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi va bu orqali klub tarixida ilk bora Yevrokuboklar yoʻllanmasini qoʻlga kirtidi.
Atlético Madrid 2022-yilning 8-iyulida Lino Ispaniyaning „Atlético Madrid“ klubi bilan besh mavsumlik shartnoma imzoladi.
Valencia (ijara) Futbolchi 2022-yilning 28-iyul sanasida boshqa bir La Liga jamoasi „Valencia“ga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi.
Statistikasi
+KlubMavsumLigaIchki turnirlarMahalliy kuboklarLiga kubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSão Bernardo2017Série D1000————102018Paulista A2—00———1741742019—50————50Umumiy1050———174234Gil Vicente2019–2020Primeira Liga202—2040——2622020–2021339—42———37112021–20223412—2220——3814Umumiy8723—8460——10127Atlético Madrid2022–2023La Liga00—00—00—002023–2024344—41—7310468Umumiy344—41—7310468Valencia (ijara)2022–2023La Liga386—21——11418Umumiy1603350146607319521147
Manbalar
Havolalar Profile at the Atlético Madrid website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar