Oliver Baumann (1990-yil 2-iyunda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbolchi, Bundesliganing TSG Hoffenheim klubi darvozaboni va sardori.

Klublardagi faoliyati SC Freiburg Yoshlar va zaxira jamoasi Oliver Baumann 2002-yilda SC Freiburg klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Oʻshandan buyon futbolchi klub safida jami 104 ta Bundesliga oʻyinda maydonga tushgan. SC Freiburg B jamoasi safida esa 21 ta uchrashuv oʻtkazgan.

Asosiy jamoa

2009-2010-yilgi mavsumning soʻnggi turida Baumann Borussia Dortmund klubiga qarshi Bundesliga uchrashuvida professinoal futboldagi debyutini oʻtkazdi. 2010-2011-yilgi mavsumdan boshlab esa u jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi va 30 ta liga oʻyinida maydonga tushdi. 2011-yilning iyun oyida darvozabon shartnomasini 2015-yilga qadar uzaytirdi. Navbatdagi ikki mavsumda esa u klub safida jami 73 uchrashuv oʻtkazdi.

2013-2014-yilgi mavsumda u SC Freiburg tarkibidagi asosiy figuralardan biri boʻlib, klubning Bundesligadagi dastlabi oltita oʻyini, shuningdek, UEFA Yevropa Ligasi va DFB-Pokalning ochilish oʻyinlarida ham maydonga tushirildi. Biroq, Hamburger SV jamoasi qarshi oʻyinda Baumann qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydi, bu esa klubning 3:0 hisobida magʻlubiyatiga sabab boʻldi. Shunga qaramasdan murabbiylar unga ishonch bildirishda davom etdi va keyingi Nürnberg bilan kechgan uchrashuvda quruq oʻyin oʻtkazgan holda jamoasining mavsumdagi ilk qgʻalabasini taʼminladi.

TSG Hoffenheim 2014-yilning 14-mayida Baumann TSG Hoffenheim jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri u klubning asosiy darvozaboni va Benjamin Hübner ketganidan keyin esa jamoa sardoriga aylandi. 2023-2024-yilgi mavsumda Bundesligada 157 ta seyv qayd etgan holda bu natija borasida ligadagi eng yuqori natijani qayd etdi .

Terma jamoadagi faoliyati Baumann hali Germaniya terma jamoasi safida debyut qilmagan boʻlsada, ammo 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi jamoalar safida kamida bittadan oʻyin oʻtkazgan.

Baumanning Germaniya U-19 jamooasidagi barcha uchrashuvlari oʻrtoqlik oʻyinlariga toʻgʻri kelgan. Bulardan eng sda qolarlisi Estoniya U-19 terma jamoasiga ustidan qozonilgan 5-0 hisobidagi gʻalaba boʻlgan. Keyinchalik Germaniya U-20 terma jamoasi safida Shveytsariya U-20 va Italiya U-20 terma jamoalariga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.

2010-2011-yilgi mavsumda Baumann Germaniya U-21 terma jamoasi safida toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, oʻsha oʻyinlarda oltita gol oʻtkazib yubordi. Keyingi uch mavsumda esa terma jamoa safida bor yoʻgʻi beshta uchrashuvda maydonga tushirildi.

Baumann 2020-yil sentyabrda ilk bora Ispaniya va Shveysariyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi uchrashuvlarida Germaniya terma jamoasi uchun chaqiruv oldi .

Futbolchi Germaniyaning UEFA Yevro 2024 uchun yakuniy qaydnomasiga ham kiritildi.

Career statistics

Club

+ Klublar safidagi statistikasiKlubMavusumLigaDFB-PokalYevropaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSC Freiburg II2009-2010Regionalliga Süd200——2002010-2011Regionalliga Süd20——20Total220——220SC Freiburg2009-2010Bundesliga1000—102010-201130010—3102011-201233010—3402012-201334050—3902013-20143303060420Umumiy1310100601470TSG Hoffenheim2014-2015Bundesliga34030—3702015-201633010—3402017-201834020—3602017-201834000704102018-201933000603902019-202030010—3102020+202131020704002021–202233020—3502022–202334030—3702023–202434020—360Umumiy33001602003660Umumiy47302602605250

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:SC Frieburg futbolchilari Turkum:TSG 1899 Hoffenheim futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari