Leslie Uggams (, 1943-yil 25-may) – Emmy va Tony mukofotlariga sazovor boʻlgan amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi, Brodvey musiqiy filmlarida ishtirok etish orqali katta muvaffaqiyatiga erishgan. Leslie 1977-yilda „Roots“ mini-serialidagi Kizzy Reynolds roli bilan ham mashhur boʻlgan boʻlib, bu roli tufayli Emmy va Oltin globus mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Hayoti Leslie Uggams Nyu-York shahrida tugʻilgan va Juilliard maktabida oʻqigan. 20-asr 50-yillaring mashhur qoʻshiqchisi Hill Jonesning qizi boʻlib, Leslie oʻz faoliyatini bolaligidayoq televideniyedagi rollari orqali boshlagan.

1968-yilda Uggams Hallelujah, Baby musiqiy filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Tony mukofotini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili aktrisa oʻzining shaxsiy teleshovusiga ega boʻlib, milliy televideniyedagi birinchi afro-amerikalik ayol boshlovchiga aylandi. 20-asr 70-yillarida oʻzining aktrisalik faoliyatiga eʼtibor qaratdi va „Skyjacked“ (1972), „Black Girl“ (1972) va „Poor Pretty Eddie“ (1975) filmlarida suratga tushdi.

Leslie Uggamsning faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyati 1977-yildagi "Roots " mini-serialidagi Kizzy bosh roli boʻlgan, serial tanqidchilar va tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyatiga erishgan va televideniye tarixidagi eng koʻp koʻrilgan uchta seriallardan biri hisoblanadi. Bu rol aktrisaga miniserial yoki filmdagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Emmy mukofoti hamda drama janridagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritishga sabab boʻlgan. Ikki yil oʻtgach, aktrisa yana bir Backstairs at the White House yirik mini-serialida rol oʻynagan.

XX asr saksoninchi yillaridan boshlab Uggams teatrda ishlashni afzal koʻrib, nomuntazam ravishda kino va seriallarda rol oʻynagan. 2001-yilda King Hedley II filmidagi roli uchun yana bir bor Tony mukofotini oldi. 1983-yilda oʻzining boshqa shaxsiy shousi boshlovchisi sifatida Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi.

2016-yilda Uggams Deadpool filmidagi roli bilan kinoga qaytdi. Keyinchalik, aktirisa Empire serialida Luciousning goʻyoki vafot etgan onasi rolini oʻynashga taklif qilingan.

Shaxsiy hayoti 1965-yilda oʻzining menejeri Grahame Prattga turmushga chiqgan.

Filmografiyasi Filmlari Yil Nomi Roli 1962 Two Weeks in Another Town Chanteuse 1972 Skyjacked Lovejoy Wells Black Girl Netta 1975 Poor Pretty Eddie Elizabeth 'Liz' Wetherly 1993 Sugar Hill Doris Holly 2009 Toe to Toe Grandma 2014 Just the Three of Us Regina 2016 Deadpool Blind Al 2018 Deadpool 2 Blind Al 2021 The Ravine Joanna 2022 Nanny Kathleen Dotty & Soul Dotty 2023 American Fiction Agnes Ellison 2024 Deadpool & Wolverine Blind Al

Teleseriallari Yil Nomi Roli 1966 Hullabaloo Herself 1966 The Girl from U.N.C.L.E. Natasha Brimstone 1967 I Spy Tonia 1969 The Leslie Uggams Show Herself 1970 Swing Out, Sweet Land Saloon Singer 1972 The Mod Squad Dina Lane 1974 Marcus Welby, M.D. Laurie Williams 1977 Roots Kizzy Reynolds 1979 Backstairs at the White House Lillian Rogers Parks 1981 Sizzle Vonda 1982–1984 Fantasy Host 1984 Magnum, P.I. Alexis Carter 1987 Hotel Amanda Price 1981–1987 The Love Boat Callie Reason, Leslie Uggams, Marion Blake 1991 The Cosby Show Kris Temple 1993 A Different World Dr. Eileen Redding 1995 Under One Roof Geneva 1996 All My Children Rose Keefer 2011 Memphis Beat Estelle 2011 The Good Wife Suzanne Packer 2015 Nurse Jackie Vivian 2016–2020 Empire Leah Walker 2017 The Immortal Life of Henrietta Lacks Sadie 2021 The Bite Dr. Hester Boutella 2021 Family Guy Herself 2019–2022 New Amsterdam Mama Reynolds 2023 Extrapolations Isabel Zucker 2023 My Dad the Bounty Hunter Grandma 2024 Fallout Betty Pearson TBA The Gilded Age Mrs. Ernestine Brown

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Nyu-Yorkda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:25-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar