Muhayyo Abdusattorova (2005-yil 10-avgustda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para akademik eshkak eshuvchisi. Musoboqalarda PR1W1X klassida ishtirok etadi.

Faoliyati

2022-yildan buyon para akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yil Shveytsariyaning Luzern shahrida boʻlib oʻtgan Jahon litsenzion turnirida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston kishilari