Kumushxon Saydullo qizi Xodjayeva (1997-yil 20-iyul, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J2 klassda ishtirok etadi.
Hayoti Kumushxon Xodjayeva 1997-yil 20-iyulda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Shu tumandagi 31-makatbda, soʻngra Namangan olimpiya zaxiralari kollejida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya va tillarni o‘qitish fakultetida oʻqigan.
Faoliyati
2022-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. 2023-yil Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra −57 kg vazn toifasining 1-chi pag'onasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Kumushxon Xodjayeva ayollar oʻrtasida J2 klassida (koʻzi qisman koʻradigan sportchilar bellashadi) −57 kg vazn toifasida chorakfinalda Xitoylik Wangni (10;0) xisobida ma'lub etib keyingi bosqich yarimfinalda Ispaniyalik Marta Arche Poynoni magʻlub etib (1:0) va final bahsi uchun yoʻllanma olgan.
Finalda oʻzbekistonlik sportchi Dzyudo vatani bo'lmish Yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqgan. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xodjayeva 10:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Kumushxon Xodjayeva Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida paradzyudo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Mukofotlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti (2015-yil 3-mart); „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil 12-sentyabr).
Manbalar