Safaviy shahzodalar maqbarasi (forscha:آرامگاه شاهزادگان صفوی) – Eronning Isfahon shahridagi Chaharsu-ye-Kuchak tumanida joylashgan tarixiy dafn yodgorligi. Unda Safaviylar hukmdori Shoh Ismoil I ning Shoh Safiy davrida qatl etilgan baʼzi nevaralarining jasadlari dafn etilgan.
Tarixi Som Mirzo Eronning yangi shohi sifatida hokimiyat tepasiga kelib, Shoh Safiy shohlik unvonini olgach, oʻz hokimiyatiga tahdid qiluvchi deb bilgan har bir kishini shafqatsizlarcha yoʻq qilib, deyarli barcha Safaviy shahzodalarni qatl ettirgan. 1631-yildan 1632-yilgacha boʻlgan davrda qatl ettirilgan shahzodalarning baʼzilari hozirgi maqbara joylashgan hududda dafn etilgan. Maqbara 1826-yilda Fath-Alishoh Qojar davrida taʼmirlangan. Oʻsha yilgi qurilish vaqtida maqbaraga bitilgan sheʼrda taʼmirlash ishlariga masʼul boʻlgan „Muhammad Alixon“ning ismi koʻrsatilgan.
Siti Fotima maqbarasi thumb|Siti Fotima qabri Maqbaraning gʻarbida Siti Fotima (forscha:آرامگاه ستی فاطمه) maqbarasi joylashgan. Unda Ahl ul-baytning yettinchi imomi Muso al-Kozimning qizi Siti Fotimaning qabri borligi taxmin qilinadi. Bu bino Shoh Abbos I davrida qurilgan. Muso al-Kozimning qizi u yerda dafn etilgani haqida hech qanday tarixiy dalil va uning hoki mavjudligiga oid dalillar yoʻq. Bu hududda Sulton Xalifa va Sadat Marashiyning oilalari ham uchun shaxsiy maqbaralar qurilgan.
Yana qarang
Isfahondagi tarixiy obidalar roʻyxati Erondagi maqbaralar roʻyxati Manbalar