Nora Arnezeder (1989-yil 8-mayda tugʻilgan) – fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. Eng istiqbolli aktrisa uchun beriladigan Lumières mukofoti sovrindori.

Hayoti Nora Arnezeder 1989-yil 8-mayda Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan. Uning otasi Volfgang Arnezeder avstriyalik katolik, onasi Piera Schinasi esa misrlik yahudiy ayol edi. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida, Cours Florent drama maktabida aktyorlik, raqs va qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan.

Karyerasi

Nora Arnezederning birinchi asosiy roli 2008-yilda rejissyor Christophe Barratier tomonidan suratga olingan „Paris 36“ () filmida boʻlgan. Bu filmdagi roli uchun u Lumières mukofotini, shuningdek, Étoile d’Or mukofotini (Fransuz kinosining oltin yulduzlari) ham qoʻlga kiritgan. Filmda Arnezeder 82-Oskar mukofotlarida „Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan „Loin de Paname“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2009-yilda Arnezeder Guerlain firmasining L’Idylle atiri uchun brend yuzi boʻlgan.

Arnezeder 2012-yilda Amerikaning „Safe House“ triller filmida Ryan Reynoldsning sevgilisi rolini oʻynagan. Oʻsha yili u Sundance kinofestivalida taqdim etilgan „The Words“ nomli Amerika drama filmida Celia rolini ijro etgan. Shuningdek, „Maniac“ nomli qoʻrqinchli slasher filmda ham rol oʻynagan.

2013-yilda u Ariel Zeitoun rejissyori boʻlgan „Angélique“ dramatik sarguzasht filmida bosh rolni ijro etgan. U CBS kanalida namoyish etilgan „Zoo“ teleserialining dastlabki ikki (2015-2017) mavsumida fransuz razvedka tergovchisi Chloe Tousignant rolini oʻynagan.

Arnezeder 2014-yil va 2018-yillar oraligʻida „Mozart in the Jungle“ serialining 6 ta epizodida Anna Maria rolini oʻynagan.

U 2018-yilda YouTube Premium (sobiq YouTube Red) obunachilari uchun taqdim etilgan „Origin“ nomli ilmiy-fantastik seriyaning bir mavsumida Evelyn Rey rolini oʻynagan.

2021-yilda Arnezeder Zack Snyderning Netflix tomonidan taqdim etilgan „Army of the Dead“ filmida Lilly „The Coyote“ rolini oʻynagan. U, shuningdek, Paramount+ tomonidan suratga olingan „The Offer“ mini-serialida ham rol oʻynagan.

Nora 2021-yilda ingliz tilidagi „Tides“ („The Colony“) nomli nemis-shveytsariya ilmiy-fantastik triller filmida Blake rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

Yil Film Rol 2006-yil Commissaire Valence Chloé 2007-yil Les deux mondes Lyri 2008-yil Faubourg 36 Douce 2011-yil Louis la Chance Katia (ovoz bergan) La croisière Chloé 2012-yil What the Day Owes the Night Émilie The Words Celia Maniac Anna Safe House Ana Moreau 2013-yil Angélique Angélique 2014-yil Fiston Sandra Mozart in the Jungle Anna MariaInside Me Madeleine 2015–2016-yillar Zoo Chloe Tousignant 2017-yil Riviera Nadia 2018-yil In the Cloud Z Origin Evelyn Rey2020-yilHere After Honey Bee 2021-yil Army of the Dead Lilly „The Coyote“ Blast Sonia Tides (The Colony) Louise Blake 2022-yil The Offer Francoise Glazer Le Musk Juliet Leopard Skin Sierra Loba 2024-yil American StarGloria Halichiqarilmagan Tin Soldier Evoli

Manbalar

Havolalar

Turkum:Fransiyalik televizion aktrisalar Turkum:Fransiyalik aktrisalar