Abu Saʼd al-Hasan ibn Ali ibn Qatoda ibn Idris al-Hasaniy () – 1250—1253-yillarda Makka amiri. Onasi habashistonlik qul boʻlgan.

Hayoti 1232-yilda misrlik al-Komil oʻsha paytdagi Yanbu amiri Abu Saʼdga Roji ibn Qatodadan Makkani qaytarib olishda yordam berishini buyurgan. Oʻsha vaqtda yamanlik al-Mansur Makka boshqaruvida Roji ibn Qatodani qoʻllab-quvvatlangan.

1242-yilda al-Mansur Makkani qayta qoʻlga kiritgan. Sulton Abu Saʼddan Yanbu qal’asini sotib olgan va bu yerlardan misrliklar foydalanmasliklari uchun vayron qilishni buyurgan. Abu Saʼdga esa Makkadagi Vodi Marrda joylashgan Yaman qoʻshiniga yordam berishini tayinladi.

1250-yilda Abu Saʼd Zubayd qabilasi rahbarlaridan Makkani Yaman amiri Ibn al-Musayyibning zulmkor hukmronligidan tortib olish uchun yordam olgan. Abu Saʼdning badaviy qoʻshinlari Makkaga ikki tomondan kirib kelgan va shaharni oʻz nazoratiga olgan. Al-Muyurqiyning yozishicha, Ibn al-Musayyib hijriy 647-yil Zulqaʼda oyining 7-sanasi (milodiy 1250-yil 11-fevral) juma kuni, Ibn al-Mahfuzning yozishicha, Shavvol oyining oxirida (yanvar oyi oxiri, fevral oyi boshi) Makkani qoʻlga kiritgan. Abu Saʼd Makka zodagonlarini masjidiga yigʻib, ularga Sultonga boʻlgan sodiqligini izhor qilgan va Ibn al-Musayyibning oʻgʻirlagan boyliklarini olib, Iroqqa qochib ketishni rejalashtirganini tushuntirgan. Abu Saʼdning hukmronligi al-Mansur vafotidan keyin yanada mustahkamlangan.

Vafoti Abu Saʼd hijriy 651-yilda amakivachchasi Jammoz ibn Hasan tomonidan taxtdan agʻdargan va oʻldirgan. Turli maʼlumotlarga koʻra, bu voqea Shavvol oyining 5-sanasida (milodiy 1253-yil 28-noyabr), Ramazon oyining boshida (oktyabr oxiri) yoki Shaʼbon oyining 3-kunida (28-sentyabr) sodir boʻlgan.

Adabiyotlar

Turkum:Makka shariflari Turkum:1353-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar