Rudolf Vrba (1924-yil 11-sentyabr – 2006-yil 27-mart) – slovak-yahudiy biokimyogari. 1942-yilda oʻsmirlik chogʻida Germaniya tomonidan bosib olingan Polshadagi Osvensim konslageriga surgun qilingan. 1944-yil aprel oyida, Holokost avjiga chiqqan paytda lagerdan qochib ketadi va u yerda sodir boʻlgan ommaviy qotillik haqida batafsil maʼruza – Vrba-Wetzler hisobotini yozadi.. Shveysariyada Jorj Mantello tomonidan tarqatilgan hisobot 1944-yil iyul oyida Vengriya yahudiylarining Osvensimga ommaviy deportatsiyasini toʻxtatib, 200 000 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolganligi tasdiqlangan. Urushdan keyin Vrba biokimyogar boʻlib oʻqidi va asosan Angliya va Kanadada ishlaganRitchie, Méabh (22 January 2015). „The man who revealed the horror of Auschwitz to the world“. The Daily Telegraph..
Nemis qoʻshinlari Vengriyaga bostirib kirganidan uch hafta oʻtib Vengriya aholisini ommaviy lagerga surgun qilinishi boshlangan. Vrba va uning hamkori Alfréd Wetzler Auschwitzdan qochib ketishga ulgurgan. Ularning 1944-yil 24-aprelda Slovakiyaga kelgan yahudiy amaldorga taqdim etgan maʼlumotlari Vrba–Wetzler hisoboti sifatida tanilgan.. 1944-yilda hisobot kechikishlar bilan New York Herald Tribune tomonidan chop etilgan va u AQSh tomonidan chiqarilgan eng daxshatli hujjat deya taʼriflangan. Unda polshalik va boshqa qochqinlardan olingan maʼlumotlar ham tasdiqlangan. Miroslav Kárný bu hujjatni uzluksiz tavsilotlari bilan noyob ekanligini yozgan..
Hisobot Hukumat eʼtiborini jalb qilishigacha ancha vaqt kerak boʻlgan. Uning omma orasida keng tarqalishi uchun ham bir nechta hafta sarflangan. 1944-yilda Vnegriyalik yahudiylarni Auschwitzga tashish kuniga 12000 kishini tashkil qilgan.. Koʻpchilikni toʻgʻridan toʻgʻri gaz kameralariga yuborishgan. Vrba bu borada deportatsiya qilinganlar orasida poyezdga chiqishdan bosh tortganlar boʻlishi mumkinligi va hisobot ularga ham yetib borganda transportni buzishi ham mumkinligini takidlab oʻtgan; ..
1944-yil iyun-iyul oylarida Vrba-Vetzler hisoboti Qoʻshma Shtatlar, Yevropa, Shveysariya kabi mamlakatlarda tarqalib boshladi, gazeta va radio orqali maʼlum qilindi. Bu xabar dunyo mamlakatlarini deportatsiyani toʻxtatish uchun murojjat qilish va yordam berishga undadi.. 2-iyunda Amerika va Britaniya harbiy kuchlari tomonidan Budapesht bombardimon qilindi. 6-iyulda Horthy deportatsiyalarni toʻxtatishga eʼlon berdi.. Bu vaqtda 434 000 dan ortiq yahudiy 147 ta poyezga deportatsiya qilinayotgan edi. Bu qaror orqali Budapeshtda 200 000 kishi hayoti qutqarib qolindi.
Manbalar
Turkum:2006-yilda vafot etganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar