Falafel (; ) Misrda paydo boʻlgan qattiq qovuriladigan yumaloq yoki oval shaklidagi fritterlar boʻlib, Yaqin Sharq oshxonasida, xususan, Levant oshxonasida ham uchraydi. U loviya, maydalangan noʻxat yoki har ikkala mahsulot aralashmasidan tayyorlanadi.

Falafel koʻpincha pide, samun, lafa yoki tabun deb nomlanuvchi yassi nonga oʻralgan holda dasturxonga tortiladi. „Falafel“ shu tarzda tayyorlangan oʻralgan sendvichga ham oʻxshab ketadi. Falafel toʻplarini salatlar, tuzlangan sabzavotlar va issiq souslar bilan ham tortish mumkin. Falafel toʻplarini faqat gazak sifatida isteʼmol qilishadi.

Falafel asosan Yaqin Sharqda isteʼmol qilinadi. U ayni shu hududlarda keng tarqalgan koʻcha taomidir. Falafel odatda Misr oshxonasiga xos boʻlgan boqla, Falastin oshxonasidagina foydalaniladigan noʻxat, yoki oddiy noʻxat, Iordaniya, Livan va Suriyada esa ikkala massaliqning kombinatsiyasi asosida tayyorlanadi. Bu taom butun dunyo boʻylab vegetarianlar orasida mashhur boʻlgan. Falafelning falastincha noʻxatli versiyasi Isroil oshxonasining asosiy taomiga aylangan boʻlib, oʻziga xos xususiyatga ega va Isroilning milliy taomi deb atalgan. Falastinliklar va boshqa arablar bunday holatda tayyorlangan falafelni tanqid qilishgan.

Etimologiyasi soʻzi () arabcha soʻz boʻlib, () soʻzining koʻpligidir. Filfil 'qalampir' degan maʼnoni anglatadi va forscha () soʻzidan olingan. Shuningdek, sanskritcha () soʻzi ham ayni shunday maʼnoda „uzun qalampir“; yoki oromiycha , yoki 'kichik yumaloq narsa, qalampir noʻxati', hamda palpēl 'dumaloq,' soʻzlaridan ham olingan boʻlishi mumkin.

soʻzi butun dunyoda qoʻllaniladi. Ingliz tilida bu soʻz (shuningdek, falafel, felafel, filafel va filafil shakllari ham mavjud) birinchi marta 1936-yilda tasdiqlanganThe Oxford English Dictionary (3rd ed., March 2022) has a 1936 citation..

Tarixi alt=A pita filled with vegetables and fritters on a plate|thumb|Pitadagi falafel sendvichi thumb|Qovurish jarayoniga qaramay, falafelning ichki qismi yumshoq boʻlib qoladi. alt=A man in a restaurant kitchen making fritters|thumb|Qovurilgan Falafel, RamallahFalafelning aynan kelib chiqqan vaqti aniq emas. Taom Misrda paydo boʻlgan. Uning tarixi qadimgi Misrga borib taqalishi mumkin. Biroq, Misr manbalaridagi falafel haqida yozilgan eng qadimgi yozma maʼlumotlar 19-asrga taaluqlidir.

Iskandariya port shahri boʻlganligi uchun taom Yaqin Sharqning boshqa hududlarida ham keng tarqalgan. Keyinchalik bu taom shimolda ham tarqalib, Levantga qadar yetib borgan, u yerda taomni tayyorlash uchunloviya oʻrniga noʻxatdan foydalana boshlangan. Keyinroq Levantdan Yaqin Sharqning boshqa qismlariga ham keng tarqalgan.

Yaqin Sharq Falafel Misrda, shuningdek, Levant boʻylab Yaqin Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan koʻcha taomlaridan biridir. Kroket asosan mezening bir qismi sifatida isteʼmol qilinadi. Ramazon oyida falafel toʻplari baʼzan iftorlikning asosiy taomi sifatida tortiladi. Falafel shu qadar mashhur boʻlganki, McDonald's bir muddat Misrdagi nonushta menyusida „McFalafel“ tayyorlab, sotishni ham yoʻlga qoʻygan.

Falafel qibtiylar oshxonasidagi mashxur taomlardan biri boʻlib, diniy bayramlarda juda koʻp miqdorda pishiriladi. Falafel arab nasroniylari orasidagi Lentenlarning taomnomasidan ham joy olgan.

Falafelning falastinliklar tomonidan tayyorlangan noʻxatli versiyasi Isroil oshxonasidan joy olgan boʻlib, u yerda ayrim oʻzgarishlarga ham uchragan. Falafel Isroilning milliy taomi sifatida tan olingan, falastinliklar va boshqa arablar buni tanqid qilgan va mazkur holatni madaniy oʻzlashtirish deya baholashgan.

Yevropa Arablar va turklarning migratsiya toʻlqinlari falafelni Yevropada ham tarqalishigan sabab boʻlgan. Xususan, koʻp turk aholisiga ega boʻlgan Germaniyada ham bu yegulik keng tarqalgan. Avvaliga bu asosan migrantlar tomonidan isteʼmol qilinadigan taom boʻlgan. 1970-yillarning boshlarida turk taomlari sotiladigan doʻkonlar va restoranlarning paydo boʻlishi bilan falafel nemislar orasida ham mashxur boʻla boshlagan va natijada taom retsepti oʻzgarib ketgan.

Shimoliy Amerika Shimoliy Amerikada, 1970-yillarga qadar, falafel faqat Yaqin Sharq, Oʻrta yer dengizi va yahudiy mahallalari restoranlardagina sotilgan. Bugungi kunda bu taom Shimoliy Amerikaning koʻplab shaharlarida keng tarqalgan boʻlib, mashhur koʻcha taomi hisoblanadi.

Vegetarianizm Falafel butun dunyo boʻylab vegetarianlar orasida mashhur boʻlgan.

Falafel goʻsht asosida tayyorlangan koʻcha ovqatlariga muqobil sifatida olingani uchun vegetarianlar va veganlar orasida mashhur boʻlgan. Falafel goʻsht oʻrnini bosuvchi yegulik sifatida isteʼmol qilinadi. Baʼzi vegetarianlar retseptlarida goʻshtli non, suyuq joelar, spagetti va köfte singari taomlar ham mavjud.

Tayyorlanishi Falafel fava loviyasi yoki noʻxatdan, yoki har ikkalasining aralashmasidan tayyorlanadi. Falafel odatda Misr oshxonasida fava loviyalarining oʻzidan tayyorlanadi. Iordaniya, Livan va Suriya, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlarida loviya va noʻxatning kombinatsiyasi asosida tayyorlangan turi mashhur boʻlgan. Taomning ayni shu turi Gʻarbda eng mashhur koʻcha taomlaridan biri hisoblanadi.

Falafelni tayyorlashda noʻxatdan foydalanilganda, ular avvaldan pishirib qoʻyilmaydi (noʻxat pishirilsa falafel parchalanib ketishi mumkin). Buning oʻrniga ular bir kecha oldin ivitib qoʻyiladi (baʼzan soda bilan), keyin maydanoz, piyoz va sarimsoq kabi turli ingredientlar bilan qoʻshilib maydalanadi. Zira va koriander kabi ziravorlar koʻpincha qoʻshimcha lazzat berish uchun qoʻshiladi. Quritilgan fava loviyasi suvga solib ivitib qoʻyiladi, soʻngra koʻk piyoz, maydanoz, yashil koriander, zira va quruq koriander bilan qoʻshib maydalanadi. Bu massaga toʻp yoki kotlet shakli beriladi. Falafelga qoʻlda yoki aleb falafel (falafel qolipi) deb nomlangan asbob yordamida bu shaklni berish mumkin. Odatda qattiq qovuriladi yoki pechda pishirilishi ham mumkin.

Falafel odatda toʻp shaklida boʻladi, lekin baʼzida boshqa shakllarda ham tayyorlanadi. Falafelning ichki qismi yashil (petrushka yoki yashil piyoz singari koʻkatlar hisobiga) yoki sargʻish boʻlishi mumkin. Baʼzida falafelni qovurishdan oldin u kunjutga botirib olinadi.

Manbalar

Havolalar

2008 yil 12-fevral uchun kun retsepti — The New York Times Turkum:Ko‘cha taomlari Turkum:Iroq oshxonasi Turkum:Iordaniya oshxonasi Turkum:Suriya oshxonasi Turkum:Isroil oshxonasi Turkum:Misr oshxonasi Turkum:Arab oshxonasi Turkum:Lanten taomlari Turkum:Bahrain oshxonasi Turkum:Falastin oshxonasi Turkum:Saudiya Arabistoni oshxonasi