Counting Stars – amerikalik pop-rok guruhi OneRepublicning uchinchi studiya albumi Native (2013) dan joy olgan qoʻshiq. Qoʻshiq muallifi Rayan Tedder. Prodyuserlar Tedder va Noel Zancanella. Bu albumning ikkinchi singli sifatida 2013-yil 14-iyun kuni chiqarilgan.
Qoʻshiq guruhning eng muvaffaqiyatli singllaridan biri boʻlib, Kanada va Buyuk Britaniya chartlarida birinchi oʻrinni, AQShda esa ikkinchi oʻrinini egallagan va 20 mamlakatda birinchi oʻntalikka kira olgan. Bu qoʻshiq Buyuk Britaniyada 1 milliondan ortiq nusxa sotilgan.
Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy videoda James Lee rejissyorlik qilgan. 2024-yil oktabr oyidagi maʼlumotga koʻra video YouTubeda 4 milliard marotaba koʻrilgan.
Yaratilish tarixi Ryan Tedderga qoʻshiq gʻoyasi 2012-yilning avgust oylarida keladi. Uning aytishi boʻyicha „Counting stars“ OneRepublicning „Native“ albomidan joy olgan eng sevimli ikki qoʻshiqdan biri. Official Charts Company bilan boʻlib oʻtgan intervyuda Tedder: „Menda qoʻshiq gʻoyasi 2012-yil yozda Hamptonsdalik vaqtimda paydo boʻlgan. Men Jay-Z va Beyoncé tomonidan ijaraga olingan va shu vaqtgacha koʻrgan eng katta uyimda edim. Men OneRepublicning Native albomi ustida ishlayotgan vaqtim ularga boshqa ijodkorlar bilan ishlamaslikni vaʼda bergandim. Ammo men vaʼdamni buzdim, chunki men oʻsha yili Beyoncé bilan ham birga ishlayotgandim. Jay-Z bilan Beyoncé kabi insonlar sizni taklif etganda shubhasiz ularni rad etib boʻlmaydi“ – deya taʼkidlaydi va davom etadi: "Kunlardan birida internetdalik vaqtim „Counting stars“ gʻoyasi uchun toʻgri keladigan matnni topdim. Uni Beyoncéning albomiga qoʻshmoqchi boʻldim ammo uning janri Beyoncé uchun toʻgʻri keladigan emas edi. Soʻngra gʻoya toʻliq tayyor boʻlganidan soʻng uni Native albomiga qoʻshishga qaror qildim".
Qoʻshiq folk-pop va pop-rok janrlarida yozilgan.
Musiqiy videosi Musiqa uchun ishlangan video 2013-yil 10-may kuni Luiziananing Yangi Orlean shahrida suratga olingan va 2013-yil 31-may kuni premyera qilingan. Videoda qoʻshiq baland qavatli binononing qorongʻu xonasida guruhning lampalar bilan oʻralgan holatda ijro etgani koʻrsatilgan. Videoda shuningdek, oʻsha binoda yurgan alligatorning kliplarini koʻrish mumkin.
Videoda 1 milliard koʻrishlarga erishgan guruhning ilk videosi boʻldi va bu natija 2015-yil 2-noyabrda qayd etildi. U YouTubeda 4 milliard koʻrilgan va 2023-yil yanvar oyidagi maʼlumotda saytda eng koʻrilgan videolar orasida 16-oʻrinni egallagan.
Tijoriy natijalari „Counting Stars“ 2013-yil 6-iyul kuni Billboard Hot 100 reytingiga kiritildi va 32-oʻrinni egalladi. Qoʻshiq 2014-yil 18-yanvar kuni ikkinchi oʻringa koʻtariladi va Kesha bilan Pitbullning „Timber“ qoʻshigʻidan keyingi oʻrinda ikki hafta mobaynida saqlanib qoldi. Qoʻshiq ketma-ket 25 hafta davomida oʻntalikda saqlanib qoldi. Bu „Apologize“ bilan bir qatorda OneRepublicning AQShda eng yuqori natijali singli boʻlib, ularning uchinchi AQShdagi eng yaxshi oʻnlikdan joy olgan qoʻshigʻi hisoblanadi. Qoʻshma Shtatlarda bu qoʻshiq 2014-yil dekabr oyida 5,3 milliondan ortiq nusxa sotilgan.
Kanadada qoʻshiq Canadian Hot 100 chartida eng uzoq vaqt davomida, yaʼni 2014-yil 8-fevralgacha 34 hafta davomida birinchi oʻrinda boʻldi va bu borada rekord oʻrnatdi. Qoʻshiq Kanada, Finlyandiya, Isroil, Polsha, Slovakiya va Buyuk Britaniyadagi chartlarda birinchi oʻrin egalladi, shuningdek Avstraliya, Germaniya, Irlandiya va Yangi Zelandiyada dastlabki beshtalikdan joy oldi. Buyuk Britaniyada ham „Counting Stars“ 34 hafta davomida dastlabki 40ta oʻrinda saqlanib turdi. 2014-yil 11-oktabr kuni Official Charts Company „Counting Stars“ Buyuk Britaniyada 1 million nusxa sotilganini tasdiqladi. 2022-yil 28-fevral kuni Live Nation Entertainment ushbu qoʻshiq butun dunyo boʻylab 41 million nusxa sotilganini eʼlon qildi.
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (2013-2014)OʻrinBelgium Dance (Ultratop Flanders) 50Belgium Dance (Ultratop Wallonia) 15 Brazil (Billboard Brasil Hot 100) 63 Brazil Hot Pop Songs 31 Greece (Billboard Greece Digital Songs) 4Italy (FIMI) 8 Luxembourg Digital Songs (Billboard) 5Mexico Ingles Airplay (Billboard) 1 Mexico Anglo Chart (Monitor Latino) 3 Romania (Airplay 100) 32 Slovenia (SloTop50) 4Venezuela Pop Rock General (Record Report) 19 Chart (2021-2024)Oʻrin Slovakiya (Singles Digitál Top 100) 96
Yillik chartlar Chart (2013)OʻrinAvstraliya (ARIA) 8Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 32Kanada (Canadian Hot 100) 70Fransiya (SNEP) 162Germaniya (Official German Charts) 21Vengriya (Rádiós Top 40) 38Irlandiya (IRMA) 13Niderlandiya (Dutch Top 40)154Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ) 11Sloveniya (SloTop50) 5Shvetsiya (Sverigetopplistan) 39Shvetsariya (Schweizer Hitparade) 38UK Singles (Official Charts Company) 9US Billboard Hot 100 63US Adult Top 40 (Billboard) 26 Chart (2014)OʻrinBelgiya (Ultratop Flanders) 76Belgiya (Ultratop Wallonia) 13Braziliya (Crowley) 74Kanada (Canadian Hot 100) 3Fransiya (SNEP) 21Vengriya (Mahasz|Single Top 40) 49Italiya (FIMI) 13 Niderlandiya (Dutch Top 40) 12Niderlandiya (Single Top 100) 30 Russia Airplay (TopHit) 163 Sloveniya (SloTop50) 28 Ispaniya (PROMUSICAE) 31 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 38 Shvetsariya (Schweizer Hitparade) 66 UK Singles (Official Charts Company) 44US Billboard Hot 100 5 US Adult Contemporary (Billboard) 2 US Adult Top 40 (Billboard) 6 US Adult Alternative Songs (Billboard) 42 US Dance/Mix Show Airplay (Billboard) 49 US Mainstream Top 40 (Billboard) 2 Chart (2021)Oʻrin Global 200 (Billboard) 136 Portugaliya (AFP) 191 Chart (2022)Oʻrin Avstraliya (ARIA) 89 Global 200 (Billboard) 89 Chart (2023)Oʻrin Avstraliya (ARIA) 84 Vengriya(Rádiós Top 40) 82 Global 200 (Billboard) 96
Oʻn yillik chartlar Chart (2010-2019) Oʻrin Avstraliya (ARIA) 32 UK Singles (Official Charts Company) 39 US Billboard Hot 100 39
Barcha davrlarning chartlari ChartOʻrinUS Adult Top 40 (Billboard)5US Billboard Pop Songs (2012-2017)16US Billboard Hot 100 (1958-2018)155
Chiqarilish tarix +"Counting stars"ning chiqarilish sanasi va formatlariHududTarixFormatlashLabelGermaniya2013-yil 14-iyunCD-singlUniversalItaliya2013-yil 18-oktabrRadio
Manbalar
Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:2013-yil singllari Turkum:OneRepublic qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar