Vadim Volodimirovich Pristayko (; 1970-yil 20-fevral, Kilia, Odessa viloyati, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik siyosatchi, diplomat. Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi (2020—2023). 2020-yil 4-martdan 4-iyungacha Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari. 1-darajali favqulodda va muxtor elchi (2016). 2019-yil 29-avgustdan 2020-yil 4-martgacha Ukraina tashqi ishlar vaziri. 2019-yil 22-maydan 29-avgustgacha Ukraina Prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari. Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari (2017—2019). Biografiyasi Vadim Pristayko 1970-yil 20-fevralda Odessa viloyati Kiliya shahrida tugʻilgan. Otasi Volodimir Ilich Pristayko (1941—2008) adliya general-leytenanti, Ukraina xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari (1996—2004). 1994-yilda Kiyev politexnika institutini, 1998-yilda Ukraina tashqi savdo akademiyasini tamomlagan va magistr darajasini olgan. 1993—1994-yillarda „Elektronnie vesti“ axborot kompaniyasi hammuassisi. 1994—1997-yillarda Ukraina Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining Afrika, Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boshqarmasi bosh iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, boshligʻining oʻrinbosari. 1997—2000-yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi beshinchi hududiy boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari. 2000—2001-yillarda Ukrainaning Sidneydagi bosh konsulligi konsuli. 2001—2002-yillarda Ukraina Prezidenti maʼmuriyatining tashqi siyosat boʻyicha bosh boshqarmasi bosh maslahatchisi. 2002—2006-yillarda Kanadadagi Ukraina ishlari boʻyicha vaqtinchalik ishonchli vakil, siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchi (2003—2004, 2005—2006). 2007—2009-yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining NATO departamenti direktori oʻrinbosari. 2009—2012-yillarda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi missiyasi rahbari oʻrinbosari, elchi-maslahatchisi. 2012-yil 8-noyabrdan 2014-yil 29-oktyabrgacha Ukrainaning Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi, 2012-yil 28 dekabrdan 2014-yil 29-oktyabrgacha Ukrainaning Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)dagi vakili. Oʻsha paytda Pristayko Monrealdagi Kot-de-Neiges tumanidagi mahalla kengashida tarkibiga kiritilan. 2014-yil 17-dekabrdan Ukraina tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari — Bosh shtab boshligʻi. 2017-yil 7-iyuldan Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari. 2019-yil 11-iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oliy Radaga Vadim Pristaykoni Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib tayinlash boʻyicha taklif kiritadiZelenskiy vnes predstavlenie na naznachenie Vadima Pristayko glavoy MID, — Ryaboshapka, 112ua.tv (11.06.2019), biroq Oliy Rada unga ovoz bermaydi. 2019-yil 2- avgustdan Goncharuk hukumatida Ukraina tashqi ishlar vaziri. Favqulodda va muxtor elchi (2019). 2020-yil 20-iyuldan 2023-yil 21-iyulgacha Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Oilasi Oilali, ikki oʻgʻli bor. Xotini Inna Vasilevna (1974-yilda tugʻilgan), oʻgʻillari Volodimir (1997-yilda tugʻilgan) va Andrey (2002-yilda tugʻilgan). Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar