Oleksandr Volodimirovich Abramenko (; 4-may 1988-yil) — ukrainalik sportchi, changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha olimpiya chempioniFIS Profile. U 2015—2016-yilgi mavsumda jahon chempioni boʻldi. Oleksandr 2006-, 2010-, 2014- va 2018-yillarda Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtrok etgan, Pyeongchangda boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha musobaqa chempioniRomanyuk, T. „Golden“ Abramenko: the route of the Ukrainian to the Olympic medal („Zolotiy“ Abramenko: shlyax ukraїnsya do olіmpіyskoї medalі). . Shuningdek, Abramenko 2019-yilgi jahon chempionati va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari kumush medal sohibidir.

Faoliyati Abramenko 2005-yilda Finlandiyaning Ruka shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 25-oʻrinni egallagan. 2006-yil 8-yanvar kuni Kanadaning Mont Gabriel shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida debyut qilgan. Oleksandr jahon chempionati debyutida oʻn sakkizinchi oʻrinni egalladi. U yosh va tajribasiz boʻlsada, Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2006-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Lekin muvaffaqiyatga erisha olmagan. 2006-yil 6-mart kuni Rossiyaning Krasnoe Ozero shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi 2006-yilgi jahon chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Abramenko 2008-yil 19-yanvar kuni AQShning Lake Placid shahrida oʻtgan jahon chempionatida oʻninchi oʻrinni egallagan. Aynan oʻsha mavsumda yetti musobaqaning toʻrttasida eng yaxshilardan biri edi.

Abramenko 2010-yil Kanadaning Vankuver shahrida oʻtkazilgan qishki olimpiya oʻyinlarida Ukraina sharafini himoya qilgan. Changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha mazkur musobaqaning saralash bosqichida 24-oʻrinni egallab, yana final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.

Uning jahon chempionatlaridagi birinchi medali 2012-yilning 25-fevral kuni Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada qoʻlga kiritilgan. Mazkur jahon chempionatida Abramenko yurtdoshi Stanislav Kravchukdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha yili u Norvegiyaning Voss shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada uchinchi oʻrinni egallagan.

Abramenko 2014-yilgi qishki olimpiya oʻyinlarida final bosqichigacha yetib borgan. Finalda 6-oʻrinni egallagan.

U birinchi chempionligini 2015-yil 1-mart kuni Belarusiyaning Minsk shahrida nishonlagan. Oleksandr 2015—2016-yilgi mavsumda changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionati gʻolibiga aylangan birinchi ukrainalik sportchi boʻlgan. Abramenko uchun yuqorida taʼkidlangan mavsum eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan, chunki mavsum davomida bitta kumush va ikkita bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar