The Tender Tale of Cinderella Penguin — 1981-yil Kanadada ishlangan qisqa metrajli animatsion film. Filmda Zolushka haqidagi ertak pingvinlar ishtirokida kulgili tarzda namoyish etiladiAllMovie. National Film Board of Canada tomonidan ishlab chiqarilgan film 54-Oskar mukofotlari marosimida eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film nominatsiyasida nomzod qilib koʻrsatilgan. Lekin mukofotga boshqa qisqa metrajli animatsion film loyiq deb topilgan. Film Parents' Choice Award mukofotiga ham sazovor boʻlgan.
Syujeti Yovuz oʻgay opa-singillari ziyofatga borganda, Zolushka uyda qolishga majbur boʻladi. Noodatiy tarafi shundaki, filmda hamma (hatto „ot“ga aylangan sichqonlar ham) pingvin holida tasvirlangan. Mashhur billur tufli esa suzgichga oʻxshash qilib ishlangan.
Kitob holida nashr qilinishi Perlman 1992-yilda filmni bolalar uchun kitob holiga keltirgan. Kitob Kids Can Press of Toronto tomonidan nashr qilingan.
Manbalar
Turkum:1981-yil multfilmlari Turkum:1981-yil filmlari