Roia Zamani afgʻonistonlik taekvondochi boʻlib, u 2002-yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgani bilan mashhur. Bosh kiyimi ostida roʻmol oʻragan Zamani 72 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Afgʻonistonliklardan yagona medal sohibi Zamani boʻlgan. Qolgan sportchilarning hech biri saralash bosqichidan keyingi bosqichga oʻta olishmagan, shu vaqtga qadar afgʻon sportchilari oʻrta vazn toifasidagi taekvondo boʻyicha birorta ham musobaqada gʻalaba qozonishmagan.
Shaxsiy hayoti 1996-yilda Tolibon nazoratni qoʻlga kiritgach, Zamaniyning oilasi Afgʻonistondan qoʻshni Eronga koʻchib oʻtishgan. Zamani oilasi bilan olti yil davomida Eronda qochqin sifatida yashab, u yerda taekvondo bilan shugʻullangan. 2002-yilda Zamani oʻz vataniga qaytib, Kobulda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ish faoliyatini boshlagan. Yaqin Sharqdagi boshqa musulmon sportchilar singari, Zamani musobaqalarda bosh kiyim ostida roʻmol oʻragan holda qatnashgan.
2002-yilgi Osiyo oʻyinlari Afgʻonistonda davom etayotgan urush davrida Tolibon hukumati qulaganidan keyin Afgʻoniston Osiyo oʻyinlariga qaytgan. Afgʻoniston delegatsiyasi qirq nafar erkak va toʻrt nafar ayol sportchidan iborat boʻlishgan. Ushbu toʻrt nafar ayol sportchidan uchtasi taekvondo boʻyicha ishtirok etgan, bu musobaqalarda 10-13-oktyabr kunlari turli Osiyo davlatlaridan jami 70 nafar ayol ishtirok etgan.
Oʻsha paytda 23 yoshda boʻlgan Zamani 72 kg vazn toifasida qatnashgan(oʻrta vazn toifasi). Ushbu musobaqada faqat besh nafar sportchi ishtirok etib, birinchi raundni chorak final baxslari sifatida boshlangan. Zamani birinchi davra uchrashuvidayoq imkoniyatni boy bergan. Yarim finalda u ogʻir jarohatlar tufayli baxsni erta yakunlashga majbur boʻlgan, bunda u nolu toʻrt hisobida imkoniyatni boy bergan hisoblangan. Baxsda Zamani koreyalik raqibi Choy Jin-Mi bilan baxsda qiyin ahvolga tushib qolgan kuchli zarbalar oʻtkazib yuborgan va chap qoshi yirtilgan. Ammo Zamanining yarim finaldagi chiqishi unga filippinlik Salli Solis bilan birga bronza medalini kafolatlagan. Zamani oʻzining Oʻyinlardagi ishtirokini afgʻon ayollari uchun „birinchi qadam“ deb hisoblagan. Qolgan sportchilarning hech biri saralash bosqichidan oʻta olishmagan shuning uchun boshqa medallar qoʻlga kiritilmagan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar