The Possession of Hannah Grace (ayrim mamlakatlarda Cadaver nomi bilan ham tanilgan) – 2018-yilda suratga olingan AQSh gʻayritabiiy dahshatli triller filmi. Filmga Diederik van Rooijen rejissyorlik qilgan, uning muallifi Brian Sieve. Unda bosh rollarni Shay Mitchell, Kirby Johnson, Stana Katic, Grey Damon va Nick Thune ijro etgan. Qahramonlar oʻlikxonada ishlayotgan vaqtida gʻayritabiiy hodisalarga duch kelishadi.
Film AQShda 2018-yil 30-noyabrda Sony Pictures Releasing tomonidan, „Screen Gems“ yorligʻi ostida namoyish etilgan va asosan tanqidchilarning salbiy sharhlarini olgan, lekin butun dunyo boʻylab 43 million dollar daromad koʻrgan.
Rollarda
Shay Mitchell Megan Reed rolida. Kirby Johnson Hannah Grace rolida, jinlar tomonidan tiriltirilgan qiz. Grey Damon Andrew Kurtz rolida, politsiya xodimi va Meganning sobiq sevgilisi. Stana Katic Lisa Roberts rolida, hamshira va Meganning doʻsti. Louis Hertum Grainger Grace rolida, Hannah Gracening otasi. Nick Thune – Randy rolida, EMT va Meganning doʻsti. Jacob Ming-Trent Ernie Gainor rolida, shifoxona qoʻriqchisi. Max McNamara Meganni sevib qolgan kasalxona qoʻriqchisi Dave rolida.
Suratga olish jarayonlari 2016-yil 23-martda Screen Gems Diederik van Rooijen Brain Sieve ssenariysi asosida Cadaver qoʻrqinchli triller filmiga rejissyorlik qilish uchun mas’ul etib tayillangani eʼlon qilingan. Film dastlab Cadaver deb nomlangan.
Kasting 2016-yil 6-iyun kuni Shay Mitchell Megan Reed rolini ijro etish uchun asosiy tarkibga qoʻshilgan va 28-oktabrda Stana Katic Grey Damon, Nick Thune, Jacob Ming-Trent, Max McNamara, Louis Herthum va Kirby Johnson ham tarkib uchun saralab olingan.
Suratga olish ishlari Filmning asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning 8-noyabrida Massachusets shtatining Boston shahrida boshlangan boʻlib, suratga olish guruhi suratga olish boʻyicha rejissyor Lennert Hillege, prodyuser Paula Loos va kostyumlar dizayneri Deborah Newhalldan iborat edi. Suratga olish ishlari Massachusets shtatining Devens shahridagi New England studiyasida ham boʻlib oʻtgan. Film boshidan oxirigacha Sony a7S II kamerasida suratga olingan, bu birinchi marta koʻzgusiz toʻliq kadrli kamera yordamida suratga olingan badiiy film boʻlgan.
Namoyish etilishi Film 2018-yil 30-noyabrda ilk bor AQSh va Kanadada namoyish etilgan. Bir necha mamlakatlarda, jumladan Braziliya, Gretsiya va Isroilda bir kun oldin 2018-yil 29-noyabrda ommaga taqdim etilgan.
2018-yil 15-oktyabrda Sony birinchi treylerni onlayn tarzda namoyish qilgan. Filmni reklama qilish uchun studiya taxminan 12 million dollar sarflagan.
Qabul
Teatr kassasi The Possession of Hannah Grace AQSh va Kanadada 14,8 million dollar va boshqa hududlarda 28,2 million dollar yigʻib, butun dunyo boʻylab 7,7 million dollarlik byudjet, jami 43 million dollarni tashkil etgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada film 3-7 dollar yigʻishi kutilgan. Birinchi kunda 2,6 million dollar ishlab topgan va dunyo boʻylab yettinchi oʻrinni egallagan.
Tanqidiy javob Rotten Tomatoes boʻyicha film 55 sharh asosida 18% ijobiy, oʻrtacha 4.2/10 reytingga ega. Veb-saytning tanqidiy konsensusida shunday deyilgan: The Possession of Hannah Grace filmi haqida koʻrsatma berish uchun haqiqiy dahshatni his qilish lozim va haqiqiy qoʻrquv izlayotgan tomoshabinlarga yana maʼqul keladi." Metacriticda film 10 ta tanqidchiga asoslangan holda 100 balldan 37 ballga ega boʻlib, bu asosan salbiy sharhlarni koʻrsatgan. CinemaScore tomoshabinlari filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „C−“ bahosini bergan, PostTrak tomonidan esa filmga 36% umumiy ijobiy ball va 24% „aniq tavsiya“ berilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2018-yil filmlari Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:2010-yil multfilmlari Turkum:2010-yil fantastika filmlari