„Hi-Tech“ bank XATB— xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri. 2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan.
Tarixi Hi-Tech bank 2010-yil 9-yanvarda xususiy yopiq aksiyadorlik banki sifatida tashkil etilgan. 2015-yil mart oyida bank XATBga oʻzgartirildi va 18-aprelda bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini yangiladi.
2019-yil bank yuridik manzili Toshkent shahar Shahrisabz koʻchasi 15a-uyga koʻchirildi.
2020-yil iyunda Hi-Tech bank rebrendingni amalga oshirdi.
2022-yil aprel oyida Hi-Tech bankning 97,21 mlrd soʻm qarzdorligi mavjud ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu mablagʻlarning 26,12 mlrd soʻmi Ipoteka bank, 24,51 mlrd soʻmi Xalq banki, 24,6 mlrd soʻmi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, 13,5 mlrd soʻmi Coca-Cola ichimligi Oʻzbekiston kompaniyasi, 8,10 mlrd soʻmi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bankka qoʻyilgan depozit mablagʻlari hisoblanadi.
2022-yil iyun oyida bankning Mirobod tumanidagi bosh ofisi binosi 11,57 milliard soʻm boshlangʻich narx bilan E-auksion platformasida sotuvga qoʻyildi. Bank tugatilganidan keyin, 2023-yil noyabr oyida ushbu bino 25,3 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga qoʻyildi va auksionda 27,9 mlrd soʻm narx taklifi bilan WBM Hazorasp kompaniyasi yutib oldi. Bankning 60 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarilgan yana bir binosini esa 69 mlrd soʻm taklif qilgan Oʻzbekinvest sugʻurta kompaniyasi sotib oldi.
2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/2-sonli qaroriga asosan, „Hi-Tech bank“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan.
2022-yil 27-oktyabr kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida fuqarolarning Hi-Tech bankda taxminan 5 mlrd soʻm mablagʻlari borligini, ushbu mablagʻlar agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarilishini maʼlum qildi.
2022-yil dekabr oyida Hi-Tech bank Markaziy bankni litsenziyani chaqirib olgani uchun sudga berdi, biroq sud bankning daʼvosini rad etgan.
2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi.
Bank infratuzilmalari geografiyasi Bank bosh ofisi va Markaziy amaliyot boshqarmasi orqali mijozlarga xizmat koʻrsatgan.
Korporativ boshqaruvi Bank tugatilayotgan paytda quyidagilar bank Kuzatuv kengashi aʼzolari edi:
Azamatjon Toxtasinov — „WBM Romitex“ MChJ; Marat Kadirov — „Asia Pipeplast“ MChJ; Jamshit Baxritdinov — „Mega Oil Biznes“ MChJ; Nuriddin Ishanxodjayev — „Xabib Xamid“ XK; Aslidin Uzoqov — Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi.
Moliyaviy koʻrsatkichlari
Hi-Tech bank 2022-yil yarim yillikni 7,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.
Bankning tugatilishigacha boʻlgan 5 yildagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan: +Moliyaviy koʻrsatkichlari (mlrd soʻmda) Yillar 2018-yil 1-yanvar 2019-yil 1-yanvar 2020-yil 1-yanvar 2021-yil 1-yanvar 2022-yil 1-yanvar 2022-yil 1-iyul Aktiv 188 162 354 382 315 258 Kredit 73 130 247 243 160 120 Kapital 47 82 120 139 105 93 Depozit 55 74 161 144 131 102 Sof foyda - 3,5 - 2,0 (30-oʻrin) −35,5 (30-oʻrin) −7,9 (29-oʻrin)
Manbalar
Turkum:Toshkent iqtisodiyoti Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar