SoundCloud — SoundCloud Global Limited & Co. KG kompaniyasiga tegishli va boshqariladigan nemis audio striming xizmati. Xizmat oʻz foydalanuvchilariga audio yuklash, targʻib qilish va almashish imkonini beradi. SoundCloud 2007-yilda Alexander Ljung va Eric Wahlforss tomonidan asos solingan. U dunyodagi eng yirik musiqa striming xizmatlaridan biri boʻlib, 190 mamlakat va hududlarda mavjud. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, xizmat 76 milliondan ortiq faol oylik foydalanuvchilarga va 200 milliondan ortiq audio treklarga ega. SoundCloud mobil, desktop va Xbox qurilmalari uchun mavjud. Platformada ham bepul, ham pullik aʼzolikni taklif etadi. SoundCloud anʼanaviy onlayn oqim platformasidan koʻngilochar kompaniyaga aylangan.
Tarix thumb|Eric Wahlforss 2010 yilda SoundCloud 2007-yil 27-avgustda Berlinda shved ovoz dizayneri Alexander Ljung va shved elektron musiqachisi Eric Wahlforss tomonidan tashkil etilgan. Veb-sayt 2008-yil 17-oktyabrda ishga tushirilganJenna Wortham, SoundCloud, an Audio-Sharing Site, Hits 5 Million Users.. Oʻsha yilning oxirida Rapper Kid Cudi oʻzining Soundtrack 2 My Life treki uchun videoni joylashtiradi, keyin 2012-yilda YouTubega almashtirildi. SoundCloud dastlab musiqachilarga yozuvlarni almashish va muhokama qilish orqali hamkorlik qilish imkonini yaratish uchun moʻljallangan edi, lekin keyinchalik musiqani tarqatish uchun nashriyot vositasiga aylandi. Wired jurnaliga koʻra, SoundCloud oʻzining yaratilishidan koʻp oʻtmay, musiqachilar uchun oʻz musiqalarini tarqatish uchun platforma sifatida Myspace hukmronligiga qarshi kurasha boshlaydi.
SoundCloud 2009-yil aprel oyida Doughty Hanson Technology Ventures kompaniyasidan 2,5 million yevrolik A seriyali mablagʻni oldi. 2010-yil may oyida SoundCloud foydalanuvchilari bir milliondan ortganini eʼlon qildi. SoundCloud 2011-yil yanvar oyida Union Square Ventures va Index Ventures kompaniyasidan 10 million AQSh dollari miqdoridagi B seriyali mablagʻni jalb qilgani haqida xabar berilgan. 2011-yil 15-iyunda SoundCloud roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni besh millionga yetgani haqida xabar beradi. Shu yilda Ashton Kutcher va Guy Osearyning A-Grade fondidan investitsiya kiritilgani xabar qilinadi. Kompaniya 2012-yil 23-yanvarda esa 10 million roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi haqida xabar berdi. 2012-yil may oyida SoundCloudning roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari soni 15 millionga yetganligi eʼlon qilindi. Saytdan foydalanishlar soni oyiga 1,5 million foydalanuvchiga oshib bormoqda.
2014-yil mart oyida Twitter oʻzining birinchi integratsiyalashgan musiqa ilovasini ishlab chiqishda SoundCloud bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi. Biroq, SoundCloud musiqa leybllari bilan zarur kelishuvlar yoʻqligi sababli litsenziyalangan musiqalarni joylashtira olmagani uchun loyiha oldinga siljimadi. 2013-yil iyul oyida SoundCloudda 40 million foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan va oyiga 20 million yangi foydalanuvchilar qoʻshilgan. thumb|Alexander Ljung Next10da (2010) SoundCloud 2014-yil yanvar oyida platformada muntazam paydo boʻladigan ruxsatsiz, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallar masalasini hal qilish uchun yirik musiqa kompaniyalari bilan litsenziyalash boʻyicha muzokaralarni boshlaganini eʼlon qildi. Eʼlon 60 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ yigʻgan, natijada 700 million dollarlik qiymatga ega boʻlgan moliyalashtirish bosqichidan soʻng paydo boʻldiKafka, Peter (24 January 2014). . OAV manbalariga koʻra, muzokaralar oʻzining YouTube video almashish platformasida koʻp sonli oʻchirish bildirishnomalarini koʻrib chiqishga majbur boʻlgan Google duch keladigan shunga oʻxshash muammolarning oldini olish maqsadida boshlangan.
Spotify 2016-yil 28-sentyabrda SoundCloudni sotib olishni koʻrib chiqayotganini eʼlon qildi. 2016-yil 8-dekabrda esa sotib olish rejalaridan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.
Platforma 2019-yil fevral oyida SoundClouddagi treklari soni 200 milliondan oshgani haqida xabar berdiDeahl, Dani (13 February 2019). . Bu qiymat Myspace natijasidan toʻrt baravar koʻp edi.
Manbalar
Havolalar
Repost by SoundCloud SoundCloud Charts